JCH-2026 saralashi. Osiyo grandi Indoneziyani "savaladi", Xitoy so'nggi daqiqalardagi gol evaziga g'alaba qozondi
10.06.2025 18:16 Ўқилди: 612
Unda Osaka shahridagi "Suyta" stadionida Indoneziyani qabul qilgan Yaponiya yirik hisobda g'alaba qozondi – 6:0. Mezbonlarning gollariga Kamada (2 ta), Kubo, Morishita, Machino va Xosoya mualliflik qildi.
Shu tariqa "samuraylar" guruh bosqichini 23 ochko bilan etakchi sifatida yakunladi. Indoneziya 12 ochko bilan to'rtinchi pog'onani band etdi va 4-saralash bosqichida ishtirok etadi. Pley-off masalasini hal etolmagan ikki terma – Xitoy hamda Bahrayn o'rtasidagi bahsda mezbonlar zafar quchdi. Golni 90+3-daqiqada Van Yuydun penaltidan urdi.