
Madrid derbisida Migel Anxel Ortis Arias bosh hakam sifatida ishladi. 37-daqiqada Jud Bellingem podkatda Kristian Romeroni yiqitdi. Arias "Real" yarim himoyachisiga sariq kartochka ko'rsatdi, ammo takroriy lavhani ko'rgach, uni bekor qildi va "Atletiko" himoyachisini ogohlantirdi, chunki argentinalik futbolchi raqibining tizidan malgina pastroq qismiga butsasining tishlari bilan bosgan edi. Birinchi bo'lim oxirida "Atletiko" yarim himoyachisi Li Kan In Federiko Valverdega qarshi qo'pollik ishlatgani - uning to'piq qismiga butsasi bilan zarba bergani uchun hech qanday kartochka olmadi. 49-daqiqada "Real" himoyachisi Din Xyoysen o'z jarima maydoni ichida "Atletiko" vingeri Juliano Simeoneni qo'lidan ushlab qoldi. Argentinalik maydonga yiqildi, hakam penalti belgiladi va Xyoysenga sariq kartochka ko'rsatdi. Vaziyatni takroran o'rgangach, referi ispaniyalik futbolchini maydondan chetlatdi.
"Ha, bu biz uchun ortga tashlangan qadam. Juda og'ir bo'ldi, biz g'alaba qozonishni istagandik va bu qanday o'yin bo'lishini tushunib turgandik. Ammo jamoa bor kuchini berdi va biz oldinga harakat qilishda davom etamiz - oldinda uzoq mavsum bor va biz to'g'ri yo'nalishda davom etishimiz kerak.
Men hech qachon hakamlar haqida ko'p gapiradigan futbolchi bo'lmaganman va hozir ham buni boshlamoqchi emasman. Fikrim bor, ammo uni o'zimda qoldiraman. Bu mening uslubim emas va hech narsani o'zgartirmoqchi emasman.
Hakamlar ham odam, ular ham xato qilishadi va haqiqatan ham xatolar bo'ldi, ammo men bu mavzuga chuqur kirib bormoqchi emasman.
Biz mehnat qilishimiz va ko'proq harakat qilishimiz kerak. Boshqalar gapirishi mumkin, ammo biz “Real”ga avvalgi yorqinlikni qaytarish va yana kuboklarni qo'lga kiritishni boshlash uchun harakat qilishimiz, mehnat qilishimiz shart", - dedi Mbappe.
![]() | 15.09.2026 02:56 Ўқилди 14400 "Paxtakor" ustozi: "Havo harorati va yuqori namlik qiyinchilik tug'dirdi" |
![]() | 19.09.2026 02:00 Ўқилди 11531 APL. "Chelsi" "Brentford" maydonida yirik hisobda yutqazdi |
![]() | 13.09.2026 02:00 Ўқилди 10542 La Liga. "Real Madrid" o'z uyida "Rayo Valekano"ni tor-mor etdi |
![]() | 14.09.2026 19:56 Ўқилди 9931 Pioli Saloh o'ynayotgan jamoani boshqarishi mumkin |
![]() | 20.09.2026 19:40 Ўқилди 9789 Superliga. "Lokomotiv" - "Neftchi" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 20.09.2026 02:00 Ўқилди 8679 La Liga. "Barselona" Rafinyaning xet-trigi evaziga "Sevilya"ni mag'lub etdi |
![]() | 13.09.2026 20:32 Ўқилди 7723 LIVE. APL. "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 22.09.2026 01:24 Ўқилди 6658 Infantino FIFAning barcha 211 a'zosiga xat yubordi |
![]() | 21.09.2026 02:00 Ўқилди 6171 PSJ Liga 1da "Marsel"ni mag'lub etdi, Ferran Torres gol urdi |
![]() | 20.09.2026 19:16 Ўқилди 6026 LIVE. La Liga. "Atletiko Madrid" – "Real Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
Реклама
Сайт хақида