
"Bugun muhim o'yinda g'alaba qozondik. Tanaffusdan so'ng birinchi bahsni yutuq bilan boshlab olishimiz shart edi. Xudoga shukur, uch ochkoni qo'lga kiritdik. Ushbu g'alabani muxlislarimizga bag'ishlaymiz", - deydi Bobir Abdixoliqov.
- Ikki principial raqibning oxirgi uchrashuvlarida faqat durang qayd etib kelinayotgandi. Bugun ushbu ananaga chek qo'yildi...
- Har qanday seriyaning yakuni bo'ladi. Bu anana ham qachondir tugashi kerak edi va bugun bunga chek qo'ydik.
- Tanaffusda murabbiy jamoaga nima dedi, qanday ko'rsatmalar berdi?
- Faqat g'alaba qozonish haqida gapirildi va ikkinchi bo'limda tempni yanada oshirishimiz kerakligi tushuntirildi.
- Bilol Toshmirzaevning urgan goliga munosabatingiz qanday?
- Juda chiroyli gol bo'ldi. Lekin oldinda hali o'yinlar ko'p. Biz uchun hozir chiroyli gol emas, eng muhimi - g'alaba va natija edi.
- Sizni yana to'purarlar poygasida ko'ramizmi?
- Men har doim to'purar bo'lishga harakat qilaman. To'g'ri, mavsumni biroz omadsiz boshladim, lekin hozir asta-sekin optimal formamga kirib boryapman.
- Jamoa OCHLda ishtirok etadi. Bu borada klubdagi vaziyat va tarkib yanada kuchayishi kutilyaptimi?
- Hammasi yaxshi bo'lishi kerak. Oldinda muhim bahslar kutib turibdi. Kuchayish esa jamoaga faqat va faqat foyda keltiradi.
- JCH finalida kim g'olib chiqadi deb o'ylaysiz?
- Men muxlislik qilgan terma jamoa allaqachon musobaqani tark etdi. Fikrimcha, Ispaniya chempion bo'lsa kerak. Ularda jamoaviy o'yin juda yaxshi shakllangan. Argentina esa o'ziga xos xarakter namoyish etmoqda. Har qanday holatda ham juda qiziqarli final guvohiga aylanamiz.
![]() | 16.07.2026 01:11 Ўқилди 104091 Keyn Angliya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan maydon o‘yinchisiga aylanadi |
![]() | 07.07.2026 22:11 Ўқилди 76746 Misr terma jamoasi darvozaboni 1-bo‘limda argentinaliklarning 3 ta zarbasini qaytardi |
![]() | 16.07.2026 00:08 Ўқилди 62326 JCH, yarim final. Angliya - Argentina 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 07.07.2026 20:56 Ўқилди 42736 LIVE. JCH. Argentina - Misr 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 14.07.2026 23:56 Ўқилди 41455 LIVE. JCH, yarim final. Fransiya – Ispaniya 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 10.07.2026 00:56 Ўқилди 38519 Brunu Fernandesh: "Juda xafaman, bu jamoadan umidim katta edi" |
![]() | 12.07.2026 01:48 Ўқилди 30615 JCH-2026. Norvegiya - Angliya (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.07.2026 01:00 Ўқилди 25611 Ispaniya Fransiyaga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limni o‘z foydasiga hal qildi |
![]() | 15.07.2026 23:40 Ўқилди 21793 Obi Mikel Jo Koul so'zlariga javob berdi: "Men bu safsatalarga ishonmayman. Bu axlatni Ronalduning muxlislari o'ylab topishgan" |
![]() | 11.07.2026 01:24 Ўқилди 21361 Muhammad Saloh uchun asosiy da'vogar klub nomi ma'lum qilindi |
Реклама
Сайт хақида