Fyoller Klopp bilan o‘tkazilgan suhbat tafsilotlarini oshkor qildi
07.07.2026 22:00 Ўқилди: 118
Germaniya terma jamoasi sport direktori Rudi Fyoller Yurgen Klopp bilan muzokaralar o‘tkazganini tasdiqladi.
Bundan oldin «Liverpul» va «Borussiya» sobiq murabbiyi nemislar terma jamoasini boshqarishi haqida xabar berilgan edi.
«Yurgen ikkimiz o‘rtamizda suhbat bo‘lib o‘tdi. Bu ish berishi va hammasi shunday bo‘lishi juda tez fursatda oydinlashdi», — dedi Fyoller.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yulian Nagelsmann Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa JCH-2026ning 1/16 finalida Paragvayga imkoniyatni boy berib (1:1, penaltilar bo‘yicha 3:4), turnirni tark etdi.