
“Barselona” klubi va Braziliya milliy terma jamoasi hujumchisi Rafinyaning turmush o‘rtog‘i Nataliya Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda turmush o‘rtog‘ining bankrot bo‘lgani va moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida tarqalgan xabarlarga javob qaytardi.
“Bu odamlarning tasavvur olami va to‘qiyotgan yolg‘onlari meni hayratda qoldiradi. Rafinyaning moliyaviy ahvoli yomonlashgani haqidagi gaplar shunchaki be’manilik. Kimdir uning mashhurligidan foydalanib mana shunday uydirmalarni o‘ylab topyapti. Bizda hammasi joyida, bunaqa safsatalar esa faqat kayfiyatimizni ko‘tarishga xizmat qiladi, xolos”, deb yozadi futbolchining rafiqasi.
Ushbu shov-shuvli gap-so‘zlarning tarqalishiga Braziliya terma jamoasi safida 2002-yilgi Jahon chempioni bo‘lgan sobiq futbolchi Vampeta sababchi bo‘ldi. Sobiq yarim himoyachi “Red Cast” podkastida mehmon bo‘lganida, Rafinyaning moliyaviy qiyinchiliklardan tashqari, “jiddiy oilaviy muammolar” girdobida qolganini aytgandi. U hatto ushbu omillar tufayli braziliyalik vinger yaqin orada katta pul evaziga Saudiya Arabistoni Proligasiga o‘tishga majbur bo‘lishi mumkinligini ham taxmin qilgan edi.
Shuningdek, Vampeta ko‘rsatuv davomida bu xabarlar hech qanday rasmiy asosga ega emasligini, hammasi shunchaki Jahon chempionati paytida qulog‘iga chalingan uydirma gaplar ekanini tan olgan. Shunday bo‘lsa-da, uning ushbu chiqishi Janubiy Amerika va Yevropa matbuotida tezda ommalashib ketdi va futbolchining oilasi hamda yaqinlarining keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi.
![]() | 23.06.2026 21:44 Ўқилди 132346 FIFA JCH-2026 pley-off bosqichida penaltilar seriyasi tartibini o‘zgartirmoqchi |
![]() | 28.06.2026 04:55 Ўқилди 103664 JCH-2026. GOOOL! O‘zbekiston Kongoga qarshi o‘yinda hisobni ochdi (video) |
![]() | 23.06.2026 22:55 Ўқилди 60034 Krishtianu Ronaldu 6 ta JCHda gol urgan ilk futbolchiga aylandi |
![]() | 28.06.2026 04:24 Ўқилди 56978 FOTO. O'zbekistonlik muxlislar "Mercedes-Benz" stadionida |
![]() | 23.06.2026 22:33 Ўқилди 31249 JCH-2026 finalidagi tanaffus 30 daqiqa davom etishi mumkin |
![]() | 29.06.2026 21:56 Ўқилди 19907 LIVE. JCH. Braziliya - Yaponiya 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 23.06.2026 21:33 Ўқилди 19628 Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi O‘zbekistonning Portugaliya ustidan g‘alaba qozonishiga ishonishini aytdi |
![]() | 23.06.2026 20:40 Ўқилди 13706 JCH-2026. Portugaliya – O'zbekiston. Tarkiblar ma'lum |
![]() | 23.06.2026 22:48 Ўқилди 13521 Ronaldu - JCH tarixida 40 yoshdan keyin gol urgan Roje Milladan keyingi ikkinchi futbolchi |
![]() | 01.07.2026 22:08 Ўқилди 11627 "Bavariya" Marokash terma jamoasining JCH-2026dagi eng yaxshi to'purari Saybari transferini e'lon qildi |
Реклама
Сайт хақида