Anchelotti nega Neymarni maydonga tushirmagani haqida gapirdi
30.06.2026 01:16 Ўқилди: 498
JCH-2026 1/16 finalida Braziliya Gabriel Martinellining ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan 5-daqiqada kiritgan goli evaziga 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Neymar butun o'yinni zaxirada o'tkazdi – ushbu jahon chempionatida "Santos" hujumchisi hozirgacha faqat Shotlandiyaga qarshi bahsda (3:0) 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushgandi, xolos.
"Biz Neymarni ekstra-taymlar uchun asrab qoldik. Men u bilan gaplashgandim, u 60 yoki 65-daqiqada zaxiradan maydonga tushishi mumkin edi. Keyin hisobni tenglashtirdik va jamoa o'yinni nazorat qilayotgani uchun o'yin strukturasini o'zgartirmaslikka qaror qildim.
Bizda maydonda ham, zaxira o'rindig'ida ham ko'plab resurslar bor va o'yinchilarning individual jihatdan kuchli ekani yaxshi holat. Biz buni qadrlashimiz kerak. Juda mas'uliyatli o'yin bo'ldi. Yaponiya oson raqib emas, juda tashkilotchi jamoa", - dedi Anchelotti.