Braziliya — Yaponiya: Kazemiro uchrashuvda hisobni tenglashtirdi (Video)
29.06.2026 23:33 Ўқилди: 1910
Braziliya terma jamoasi Jahon chempionati — 2026 ning 1/16 finali doirasida Yaponiyaga qarshi kechayotgan o‘yinda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi — 1:1.
Uchrashuvning 56-daqiqasida janubiy amerikaliklar yarim himoyachisi Kazemiro himoyachi Gabriel tomonidan uzatilgan to‘pni bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.