
«Barselona» klubining sobiq futbolchisi Tyerri Anri argentinalik hujumchi Lionel Messining jarima zarbalarini ijro etishdagi yuqori mahorati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men Messining jarima zarbalarini tepishni boshlagan paytlarini ko‘rganman. To‘g‘risini aytsam, u qadar yaxshi emasdi. Hatto u hech qachon bu ishning ustasi bo‘la olmasa kerak, deb o‘ylagandim. Ammo tinimsiz takrorlash, hatto eng zo‘rlar uchun ham — muvaffaqiyat garovidir. Odamlar bir narsani tushunishmaydi: iste’dod bor, ha, lekin uning ustida ishlash kerak. Messi har kuni jarima zarbalarini mashq qilardi. To‘p jonli devorga tegardi, noaniq ketardi... Ammo hozir uning deyarli barcha jarima zarbalari — yo gol bilan tugaydi, yoki darvozabonning seyviga aylanadi», — deya Anrining so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.
Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichining uchinchi turidan o‘rin olgan bahsda Argentina terma jamoasi Iordaniyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Gollardan biriga 39 yoshli Messi mualliflik qildi — u jarima zarbasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga yo‘llab, raqib posbonini ojiz qoldirdi. Bu gol orqali hujumchining standart vaziyatlardan urgan gollari soni 72 taga yetdi.
![]() | 23.06.2026 21:44 Ўқилди 132241 FIFA JCH-2026 pley-off bosqichida penaltilar seriyasi tartibini o‘zgartirmoqchi |
![]() | 28.06.2026 04:55 Ўқилди 103592 JCH-2026. GOOOL! O‘zbekiston Kongoga qarshi o‘yinda hisobni ochdi (video) |
![]() | 23.06.2026 22:55 Ўқилди 59977 Krishtianu Ronaldu 6 ta JCHda gol urgan ilk futbolchiga aylandi |
![]() | 28.06.2026 04:24 Ўқилди 56918 FOTO. O'zbekistonlik muxlislar "Mercedes-Benz" stadionida |
![]() | 23.06.2026 22:33 Ўқилди 31222 JCH-2026 finalidagi tanaffus 30 daqiqa davom etishi mumkin |
![]() | 23.06.2026 21:33 Ўқилди 19607 Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi O‘zbekistonning Portugaliya ustidan g‘alaba qozonishiga ishonishini aytdi |
![]() | 23.06.2026 20:40 Ўқилди 13691 JCH-2026. Portugaliya – O'zbekiston. Tarkiblar ma'lum |
![]() | 23.06.2026 22:48 Ўқилди 13503 Ronaldu - JCH tarixida 40 yoshdan keyin gol urgan Roje Milladan keyingi ikkinchi futbolchi |
![]() | 29.06.2026 21:56 Ўқилди 11982 LIVE. JCH. Braziliya - Yaponiya 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 21.06.2026 00:56 Ўқилди 11037 LIVE. JCH. Germaniya - Kot-d'Ivuar 0:0 (matnli translyatsiya) |
Реклама
Сайт хақида