Koloskov O‘zbekiston terma jamoasining eng asosiy muammosini aytdi
28.06.2026 20:44 Ўқилди: 346
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi guruh bosqichidan o‘ta olmay, 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi. Jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro shogirdlarining JCHdagi ishtiroki haqida Rossiya futbol ittifoqi (RFI) faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov o‘z fikrini bildirdi.
«O‘zbekistonning final bosqichiga chiqqanining o‘zi ular uchun maksimal muvaffaqiyatdir. Musobaqadan chiqib ketganlaridan hayratda emasman. Mahorat darajasining yetarlicha yuqori emasligi — O‘zbekiston terma jamoasining asosiy muammosidir», — deya ekspertning so‘zlarini keltiradi Metaratings.ru nashri.
Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvida Kannavaro shogirdlari Kongo DR milliy terma jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. O‘zbekiston guruhda biror ochko ham jamg‘ara olmadi va o‘z kvartetida so‘nggi o‘rinni egalladi.