Eder: «Ronaldu Portugaliya terma jamoasi uchun juda muhim»
28.06.2026 20:33 Ўқилди: 21
Portugaliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Eder 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronalduning 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtiroki borasida o‘z fikrini bildirdi.
«Ronaldu jamoaga juda ko‘p foyda keltirdi va u hali ham terma jamoa uchun muhim figura hisoblanadi. Krishtianu hanuzgacha Portugaliya terma jamoasidagi eng tezkor futbolchilardan biri bo‘lib qolmoqda. Jamoada uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlari va u uchun golli vaziyatlar yaratib berishlari juda muhim», — deya Ederning so‘zlarini keltiradi A Bola nashri.
Jahon chempionatining guruh bosqichida Krishtianu ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Portugaliya terma jamoasi Xorvatiya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.