“Milan” Ruben Amorimning jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini tasdiqladi. 41 yoshli portugaliyalik mutaxassis italiyalik klub boshqaruvida Massimiliano Allegrining o'rnini egallaydi. "La Gazzetta Dello Sport" xabariga ko'ra, Amorim “Milan” bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi, unda shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko'zda tutilgan. Murabbiyning yillik maoshi 3,5 million evroni tashkil etadi, bunga bonuslar ham qo'shiladi. Ruben bungacha “Manchester Yunayted”da ishlagan va 2024 yilning noyabridan 2026 yilning yanvarigacha ingliz jamoasini boshqargan. O'tgan mavsumda Milan A Seriyada 38 ta o'yinda 70 ochko to'plab, 5-o'rinni egallagan edi.