Tunis JCH-2026 uchun yangi bosh murabbiyni rasman tayinladi
16.06.2026 21:00 Ўқилди: 345
Tunis futbol federasiyasi milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy etib Erve Renar tayinlanganini rasman ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, 57 yoshli fransiyalik mutaxassis 2026 yilgi jahon chempionati yakuniga qadar faoliyat olib boradi. U o‘z vazifasiga bugun kechqurun kirishadi.
Avvalroq Tunis terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichi 1-turida Shvesiyadan 1:5 hisobidagi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiy Sabri Lyamushini iste’foga chiqargan edi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining ikkinchi turida Tunis 21 iyun kuni Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, F guruhida Niderlandiya terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.