"Yirik hisobda yutqazdik, lekin selfi qilishmoqda". Chilavert Paragvay terma jamoasini tanqid qildi
15.06.2026 21:48 Ўқилди: 2928
"Biz yirik hisobda yutqazdik, keyin esa barcha o'yinchilar xuddi Disneylendda yurgandek oilasi bilan selfi qilayotganini ko'ryapmiz. Agar men o'yinda mag'lub bo'lsam, xonamdan chiqishni xohlamasdim. Men futbolga shunday qarayman. Til bilan vaysash, gitara chalib bemalol o'ynash bir narsa, lekin Jahon chempionatidagi haqiqat butunlay boshqacha.
Alfaro raqib nima qilishga urinayotganini o'qiy olishi kerak. Saralash o'yinlarida uyda o'ynash bunday fenomenal jamoalar bilan uchrashish bilan bir xil emas. Jahon chempionatida siz qiruvchi samolyotlarga duch kelasiz, biz esa xuddi Super Tucano (engil turbovintli hujumchi samolyot – tahr.) kabi o'ynadik", - deya Chilavertning so'zlarini keltiradi TyC Sports.
Guruh bosqichi 11 iyundan 27 iyungacha davom etadi. Jamoalar bir-biri bilan aylanma tizimda (har biri uchtadan o'yin) o'ynaydi. Har bir guruhdan eng yaxshi ikkita terma jamoa, shuningdek, uchinchi o'rinni egallagan eng yaxshi sakkizta jamoa pley-off bosqichiga yo'l oladi.