
"Bizda yuqori saviyadagi, iqtidorli futbolchilardan iborat ajoyib terma jamoa borligini bilamiz va buni top-klublarda o'ynayotgan futbolchilarimiz soni ham tasdiqlaydi, ammo bu o'z-o'zidan hech narsani anglatmaydi. Biz da'vogarmiz, lekin yaqqol favoritmiz demagan bo'lardim. Bizda salohiyat etarli, ammo buni amalda ko'rsatishimiz kerak", – dedi Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubi yarim himoyachisi AQSHning Palm-Bich shahridagi terma jamoa mashg'ulotlari o'tkazilayotgan "Gardens North County District Park" majmuasida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida.
Terma jamoa safida 38 ta o'yin o'tkazgan Vitinya portugallar har bir o'yinga alohida e'tibor qaratishi kerakligini ta'kidlab, jamoa o'z maqsadlariga erishishi uchun yaqin kelajakdagi rejalar eng muhimi ekanligini qayd etdi.
"Kamtar bo'lish, har bir o'yinga alohida yondashish va yaqin kelajak haqida o'ylash lozim. Bizda iqtidor etarli, ammo unga fidoyilik va sadoqatni ham qo'shishimiz kerak. Bular yaxshi natijalarga erishish uchun eng mukammal uyg'unlikdir", – dedi 26 yoshli yarim himoyachi.
"Bizda iqtidorli futbolchilar ko'p, biroq men bosimdan ko'ra mas'uliyat haqida gapirishni afzal ko'raman. Biz faqat mehnat va fidoyilikni kafolatlay olamiz, bu esa Jahon chempionatida o'ynash va hali amalga oshirilmagan ishlarni bajarish demakdir. Yarim himoyada va boshqa barcha poziciyalarda sifatli o'yinchilarimiz bor", – deya ta'kidladi u.
Jahon chempionatining final bosqichida ikkinchi bor ishtirok etadigan yarim himoyachi terma jamoa safidagi gollari hisobini ochishga umid qilmoqda, ammo buni asosiy maqsad qilib qo'ygani yo'q. U, shuningdek, amaldagi ikki karra Yevropa chempioni hisoblangan PSJdagi jamoadoshi Juan Nevesh bilan maydondagi o'zaro tushunishuv haqida ham to'xtalib o'tdi.
"Klubdagi dinamikani terma jamoaga olib kirish murabbiylarga qo'shimcha imkoniyatlar berishi aniq, ammo yakuniy qarorni baribir bosh murabbiy qabul qiladi. Kim maydonga tushishidan qati nazar, men xursand bo'laman, asosiysi – maydonda harakat qilish", – dedi u.
Shuningdek, Vitinya Portugaliya terma jamoasidagi tajriba va yoshlik uyg'unligini yuqori baholadi hamda Portugaliya va Argentina o'rtasidagi final g'oyasini "qo'llab-quvvatladi".
![]() | 08.06.2026 23:44 Ўқилди 25186 Eron terma jamoasi JCH–2026ga qurbonlar xotirasiga bag‘ishlangan nishonlar bilan yetib keldi |
![]() | 09.06.2026 00:24 Ўқилди 13332 Tijani Reynders: "O'zbekistonga qarshi o'yin muhim ahamiyat kasb etadi" |
![]() | 13.06.2026 23:48 Ўқилди 9194 JCH-2026. Qatar ilk turda Shveytsariya bilan o'ynamoqda (matnli translyatsiya) |
![]() | 14.06.2026 22:08 Ўқилди 6322 Argentina AQSH hukumatidan 13 000 nafar o'z muxlisining Jahon chempionati o'yinlariga kirishini taqiqlashni so'radi |
![]() | 10.06.2026 00:11 Ўқилди 5926 O‘zbekiston milliy jamoasi Atlantadagi JCH bazasiga yo‘l oldi |
![]() | 11.06.2026 23:32 Ўқилди 4959 Masharipov o'rniga Rahmonaliev? |
![]() | 06.06.2026 00:56 Ўқилди 4610 A Seriya jamoasida bosh murabbiy iste'foga chiqarildi |
![]() | 13.06.2026 00:16 Ўқилди 4596 Mbappe JCH-2026 to'purari bo'lishni istaydimi? Kilian javob berdi |
![]() | 12.06.2026 00:24 Ўқилди 4406 JCH–2026 oldidan Yaponiya termasida jiddiy yo'qotish! |
![]() | 14.06.2026 05:33 Ўқилди 4107 JCH-2026: Gaiti - Shotlandiya. Tarkiblar |
Реклама
Сайт хақида