Fabio Kannavaro va Igor Sergeev O'zbekiston terma jamoasini kutilmagan tekshiruvdan o'tkazishganiga munosabat bildirdi
09.06.2026 20:24 Ўқилди: 263
Biroq bahs startidan oldin o'zbekistonliklar noodatiy xavfsizlik tekshiruviga duch kelishdi.
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro vaziyatga munosabat bildirdi:
"Ular menga bu shunchaki qoida ekanligini aytishdi, lekin oxir-oqibat xavfsizlik tekshiruvlari faqat biz uchun bo'lib chiqdi. Ha, bu juda g'alati, lekin buning sababini ularning o'zidan so'rashingiz kerak", – dedi 52 yoshli italiyalik mutaxassis.
"Nima bo'lganini umuman tushunmadim. Bunday holatni birinchi marta boshdan kechirishim. Stadionga yetib kelganimda butun sumkam tekshirilganini hech qachon ko'rmaganman. Nima ham derdik, agar bu Amerikada normal holat bo'lsa, demak, hammasi joyida. Muammo yo'q", – dedi Igor Sergeev.