
Rossiyaning Vedomosti sayti o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatida qatnashadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqida katta maqola e’lon qildi.
Maqolada O‘zbekiston MDH davlatlari Ichida mundialga yo‘l olgan yagona jamoa ekani e’tirof etilgan. Shuningdek, terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro musobaqa oldidan ideal vaziyatda ekani ham ta’kidlangan.
“O‘zbekistonda Fabioga nisbatan munosabat turlicha: u tayyoriga keldi”, deydi rossiyalik skaut Nikolay Yegorichev. “Kannavaroning obro‘si va tajribasi bor (asosan o‘yinchi sifatida) - u mundialda bundan foydalanishga harakat qiladi. 2026-yilgi Jahon chempionati oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida murabbiy turnirda milliy terma jamoa oldiga katta maqsad qo‘yilmaganini aytdi. Kannavaro hozir ideal vaziyatda: agar terma jamoa guruh bosqichidan chiqa olmasa, hech kim unga tosh otmaydi va agar jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatsa, O‘zbekistonga milliy qahramon sifatida qaytadi".
“O‘zbekiston guruhda Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi bilan o‘ynaydi. Ularning barcha raqiblari FIFA reytingida yuqoriroq (mos ravishda 5, 13 va 46-o‘rinlar; O‘zbekiston 50-o‘rin), ammo pley-offga chiqish imkonsiz natija emas: yangi formatga ko‘ra, guruhlarda eng yaxshi natija ko‘rsatgan sakkizta jamoa ham keyingi bosqichga o‘tadi”, deyiladi maqolada.
Bundan tashqari, Vedomosti saytidagi maqolada terma jamoa muxlislarining AQSHga tashrifi va futbolchilarga mundialda beriladigan mukofot pullari masalasiga ham to‘xtalingan.
“Murakkab logistika va muxlislar uchun xarajatlar qimmatligi tufayli biz katta qo‘llab-quvvatlash guruhini kutmayapmiz”, deya ma’lum qilgan O‘zbekiston Futbol assosiasiyasi vedomosti saytiga.
“Biroq biz AQSHda (Xyuston va Atlanta) yashovchi o‘zbeklarga umid bog‘laymiz, u yerda bizda ikkita o‘yin bo‘ladi.
O‘yinchilar uchun bonuslar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar hali ham muhokama qilinmoqda; bu hal qilinadigan masala. Hozirda biz uchun futbolchilar qulay sharoitda joylashishi va o‘yinlarga borib kelish uchun minimal kuch sarflashi muhim”, deyiladi maqolada.
Avvalroq FIFA Club Benefits Programme (Klublarga foyda keltirish dasturi) qoidalariga ko‘ra, futbolchisi mundialda qatnashadigan klublarga har bir kun uchun 11 ming AQSH dollari miqdorida pul berishi e’lon qilingandi.
To‘lovlar nafaqat guruh bosqichidagi o‘yin kunlari, balki turnir boshlanishidan 10 kun oldingi tayyorgarlik davrini ham o‘z ichiga oladi. Guruh bosqichi yakunlangunga qadar (11 iyundan 27 iyungacha) jamoalar jami 27 kun davomida turnirda (va unga tayyorgarlikda) rasman qatnashgan hisoblanadi.
![]() | 06.10.2026 15:40 Ўқилди 14489 "Messiga gol sovg'a qilmoqchi emasman". Benin terma jamoasi darvozaboni Lionelning Argentina safidagi xayrlashuv o'yini haqida |
![]() | 06.10.2026 01:56 Ўқилди 13743 Italiya terma jamoasi Turkiyani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 16:16 Ўқилди 13678 Manchini: "Charchoq sezilib turdi" |
![]() | 06.10.2026 16:40 Ўқилди 8575 Kalafori: "Murabbiy nimani so'rasa, shuni maydonda aks ettirishga harakat qilyapmiz" |
![]() | 11.10.2026 02:08 Ўқилди 8398 PSJ "Le-Man"ni mag'lub etdi |
![]() | 03.10.2026 11:24 Ўқилди 6150 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston va Xitoy bronza medallari uchun o'zaro bahs olib borishmoqda (onlayn hisob) |
![]() | 11.10.2026 21:08 Ўқилди 5646 Brendan Rojers: "Paxtakor"ga imkon qadar muammo tug'dirishga harakat qilamiz" |
![]() | 11.10.2026 00:08 Ўқилди 5387 LIVE. La Liga. "Real Madrid" – "Vilyarreal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 06.10.2026 17:08 Ўқилди 5186 Portugaliya terma jamoasi Ronaldu ketganidan so'ng salkam 2,5 million obunachisini yo'qotdi |
![]() | 07.10.2026 02:16 Ўқилди 4928 Saudiya Arabistoni BAA ustidan g'alaba qozonib, Fors ko'rfazi millatlar kubogini qo'lga kiritdi |
Реклама
Сайт хақида