
- O'yin menga yoqdi. Yigitlar sifatli o'yin namoyish qilib berishdi. "QMU Jayxun" jamoasi meni yaxshi tomondan hayron qoldirdi, ular yaxshi harakat qilishdi. Biz peshqadam sifatida keyingi bosqichga chiqdik, bu yaxshi signal. Olti oydan beri qanday sharoitlarda ishlayotganimiz, yashayotganimizni barcha biladi. Yigitlar bunga qaramagan holda o'z ishlarini professional darajada bajarishmoqda. Balki bu yigitlarni ham kimdir eshitib, hayotiy muammolarida yordam berar.
- "Bunyodkor"ning ikki oydan keyingi kelajagini qanday ko'ryapsiz? Eshitishimizga qaraganda bir qancha yetakchi futbolchilarda takliflar bor. Moliyaviy ahvol esa og'ir.
- Endi mening ham savolim bor. Jurnalist sifatida bizning kelajagimizni qanday ko'ryapsiz?
- Barcha narsa bo'lishi mumkin. Menga bosh murabbiy sifatida Sizning gapingiz muhim.
- Bilmadim, nima bo'larkin... Futbolchilar, murabbiylar shtabi o'z ishlarini qilishdi. Rahbariyat vaziyatdan chiqib ketish yo'llarini qidirmoqda. Futbolchilar, ishchilarga kichik bo'lsa-da, yordam berib turishibdi. Lekin 5 oydan beri maosh olmayapmiz, hisob. Hozircha buni hech kim tiklab bera olmayapti. Futbol ichidagi odamlar ushbu holatga e'tibor qaratishini istagan bo'lardim. Men shunchaki bosh murabbiyman va boshqa hech nima qila olmayman. Bu yigitlar uchun katta mehnatimiz singdi, ularni shunchaki tarqatib yuborish esa... Yosh va iqtidorli futbolchilarni yo'qotish ham achinarli holat. Bilmadim, ko'ramiz...
- "Bunyodkor" futbolchilariga boshqa klublardan takliflar bor. Klub bu borada qanday yo'llar tutadi?
- Og'ir kunlarda biz, yani, futbolchilar va murabbiylar o'z ishimizni qildik. Lekin futbolda sahna ortida katta jamoa ishlaydi. Masalan, jamoa massajchilari, mamurlarini klub bir amallab ushlab turishibdi. Bu borada rahbariyatga minnatdorlik bildiraman. O'z navbatida murabbiylar shtabida birgalikda mehnat qilayotgan insonlar Aleksey Nikolaev, Bobur Zuhriddinov, italiyalik murabbiylarga ham rahmat aytaman. Yigitlarga ham rahmatimni aytib o'tmoqchiman, ular murabbiylar shtabi qo'ygan yo'lni to'g'ri deb hisoblashdi va qo'llaridan kelgancha harakat qilishdi. Men ularga faqatgina eng yaxshilarini tilayman.
- Endi barchamiz termaning mundialdagi o'yinlarini kuzatamiz.
- Biroz dam olib, hammamiz O'zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilamiz. Sabrsizlik bilan birinchi o'yinni kutyapmiz. Termaga, Fabio Kannavaroga, uning yordamchilariga, muxlislarga omad tilayman, barchamiz chin yurakdan ularga muxlislik qilamiz, ishonamiz. Barchamiz xatolar, mehnat evaziga o'samiz. Hudo terma jamoamizga yaxshi kunlarni tayyorlab qo'ygan bo'lsin. Bu bir tomondan o'zbek futboli uchun katta turtki bo'lishi kerak. Biz Jahon chempionatiga chiqdikmi, futbolimiz o'sishi kerak. Shuningdek, aynan Jahon chempionati yilida barchamiz yilni yaxshi yakunlab qo'yaylik.
![]() | 20.05.2026 02:16 Ўқилди 5256 "Chelsi" "Tottenxem"ni mag'lub etdi, "shporlar"ning taqdiri oxirgi turda hal bo'ladi |
![]() | 17.05.2026 01:24 Ўқилди 4896 Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi davra oldidan transfer qilmasak yana qiynalib qolamiz" |
![]() | 24.05.2026 00:24 Ўқилди 3744 "Bavariya" "Manchester Siti" yulduzini nishonga oldi |
![]() | 24.05.2026 02:44 Ўқилди 3278 Eron FIFA bilan terma jamoa qarorgohini AQSHdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha kelishuvga erishdi |
![]() | 19.05.2026 23:48 Ўқилди 3208 Mareska "Siti" uchun himoyachi va yarim himoyachi sotib olmoqchi |
![]() | 18.05.2026 02:24 Ўқилди 3075 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Betis"ga 3 ta gol urdi |
![]() | 23.05.2026 01:08 Ўқилди 3046 Kongo DR Jahon chempionatiga bora olmasligi mumkin |
![]() | 16.05.2026 02:00 Ўқилди 2948 APL. "Aston Villa" final oldidan "Liverpul"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi |
![]() | 19.05.2026 21:16 Ўқилди 2940 Konte mavsum yakunida "Napoli"ni tark etadi |
![]() | 23.05.2026 23:56 Ўқилди 2680 "Liverpul" Salohning o'rinbosari uchun 170 million evro to'lashga tayyor |
Реклама
Сайт хақида