Navro'z Alimov: "Hech qachon murabbiyning o'yindan ko'ngli to'lmaydi. Har qanday jamoa Superliga ishtirokchisiga uchta gol ura olmaydi"
24.05.2026 22:00 Ўқилди: 337
– Uchrashuv haqida fikrlaringiz...
– Guvohi bo'lganingizdek, tarkibimiz yosh. "Xorazm"ni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman va oamd tilayman. O'yin yoshlar uchun tajriba bo'ldi. Maqsadimiz ham shu – Superliga va Proliga ishtirokchilarga qarshi bahslarda tajriba orttirish va Birinchi ligada yuqori o'rinlarni egallash.
– O'yindan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?
– Hech qachon murabbiyning o'yindan ko'ngli to'lmaydi. Qandaydir kamchilik topiladi. Xatolar ustida ishlashga harakat qilamiz. Yoshlarga shunchaki qo'rqmasdan futbol o'ynash kerakligini ta'kidladik. Bugungi o'yin avvalgi ikki turga qaraganda yaxshiroq bo'ldi, deb o'ylayman. "FarDU"ga qarshi bahsda chetlatish sababli qiyinchilikka duch kelgandik. Bugun yigitlar Superliga ishtirokchisi darvozasiga uchta to'p kiritdi. Yoshlar uchun bu ko'rsatkich quvonarli. Har qanday jamoa ham Superligadagi klubga uchta gol ura olmaydi.