"The Guardian" nashri jamoa sardori muddatidan oldin maydonga qaytishi mumkinligi haqida ma'lumot berdi.
Avvalgi xabarlarda 26 yoshli ingliz futbolchisi joriy mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborish xavfi borligi aytilgandi. Yangilangan xabarlarga ko'ra, Jeyms aprel oyining oxirida yoki keyingi oyning boshida qaytishi kutilmoqda.
Himoyachi Angliya Premer-ligasi joriy mavsumida 27 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, u 4 marta sariq kartochka olgan.