Nematillo Qutibaev: "Raqib bizni o'z o'yini bilan hayron qoldirdi"
05.04.2026 22:48 Ўқилди: 95
- O'yin haqida fikringiz?
- Yangi mavsum boshlangani bilan barchani tabriklayman. G'alaba qozongan bo'lsak-da, o'yin juda og'ir kechdi. Ochilish uchrashuvi bo'lgani bois yigitlarda bosim sezildi. Raqib ham bizni o'z o'yini bilan hayron qoldirdi. Birinchi bo'limda to'p kirita olmaganimiz uchun jamoam asabiy bo'la boshladi. Lekin ikkinchi bo'limda ikkita gol urishga erishdik. Birinchi o'yin bo'lgani uchun yaxshi futbol namoyish eta olmadik.
- Mirzabek Daryabaevning bugungi harakatini qanday baholaysiz?
- Mirzabek yaxshi futbolchi, u haqida ko'p iliq fikrlar bildirish mumkin. Unga birinchi bo'limdan so'ng xuddi kattalardek o'ynashing kerak, yoshlik ortda qoldi dedim. Shu paytgacha ikkinchi, birinchi ligalarda to'p tepib yurgan futbolchi birdaniga zo'r bo'lib qolmaydi. Harakat qilsa hali o'zini ko'rsatadi.
- Raqib o'yiniga munosabatingiz?
- Aytib o'tganimdek, raqib bizni chin manoda hayron qoldirdi. "Respublika FA" jamoasi ayniqsa himoyada kuchli o'ynadi. Qarshi hujumlarda ham yaxshi harakat qildi. Vaqt o'tishi bilan bu jamoa ko'p tajriba to'plab boradi va Proligada raqobatbardosh jamoaga aylanadi.