
- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalo uzoq kutilgan Proliga starti bilan tabriklayman. Bugun og'ir bahsni o'tkazdik va qiyinchilik bilan g'alaba qozondik. "Olimpik Mobiuz" jamoasini yaxshi bilamiz, oxirgi paytlarda Superligaga chiqish uchun kurash olib bormoqda. Tarkibi o'zgargan bo'lishiga qaramay, yaxshi va yosh jamoa deb o'ylayman. Bizga bosim bo'lishini kutgandik, shu bois joyi kelganda uzun to'p uzatishlar orqali o'ynashga to'g'ri keldi. Garchi mazmunli futbol ko'rsata olmagan bo'lsak-da, yigitlarga harakat uchun minnatdorchilik bildiraman va "Sho'rtan" muxlislarini dastlabki g'alaba bilan tabriklayman.
- Mavsum endi boshlandi. Lekin birinchi o'yindayoq aksar futbolchilarda tomir tortib qolishi kabi holatlar ko'rindi. Bu nima bilan bog'liq?
- O'zimizning maydonda mashg'ulot o'tkaza olmadik, chunki "Mashal" - "Lokomotiv" uchrashuvidan so'ng maydonni boshqatdan to'g'rilashga to'g'ri keldi. Natijada qattiq maydonda shug'ullandik. Buni birinchi omil deb hisoblayman. Bugun ko'proq to'psiz harakat qildik, chunki raqib shunga majbur qildi. Tomir tortishib qolishi yosh yoki jismoniy holat bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Buni o'rganib chiqamiz.
- Bugungi uchrashuvga maydon qanchalik tayyor edi?
- Superliga o'yinidan keyin qisqa fursat ichida maydon shu darajaga keltirildi va buning uchun rahmat aytsa arziydi. Proligada bo'lganimiz uchun maydon holatidan nolish noto'g'ri deb o'ylayman. Muhimi to'p yurdi, maydon holati bugun hech kimga xalaqit bermadi.
- Bahrom Abdurahimov jarohat sabab majburiy almashtirildi. Uning holati qanday?
- Futbolchimizda qo'l shikastlanish holati kuzatildi va qancha muddatga safdan chiqqanini shifokorlar xulosasidan so'ng bilamiz. Uning qo'l suyagida sinish aniqlandi. Bahromga sog'liq tilab qolamiz.
- Kot-D'Ivuarlik futbolchi nima sababdan boshlang'ich tarkibda tushmadi?
- Uning holatidan kelib chiqib shunday yo'l tutdik. Futbolchimizning jismoniy holati asosiy tarkibda tushishga tayyor emas. Mashg'ulotlarda u bilan ishlayapmiz. Hozircha optimal formada emas.
- Sizningcha, legionerlar bu mavsum qanchalik ishonchni oqlaydi?
- Biz qimmat legionerlarni taklif qilmaganmiz, chunki hozir legionerlar bilan ishlash oson emas. O'tgan mavsum o'ynagan bir nechta futbolchini safimizda olib qola olmadik, shu bois kamroq maosh evaziga legionerlarni taklif etdik. O'ylaymanki, yangi futbolchilar mavsum davomida o'zlarini ko'rsatadi. Legionerlar jamoaga kirishib ketdi va eng muhimi ularda xohish bor.
- Proligada jamoalar soni 14taga etkazildi. Jamoalar ko'payishi Liga saviyasiga salbiy ta’sir qilmaydimi?
- Ko'p jamoalar yosh, ammo ishtiyoq baland. Yoshi katta futbolchilar o'zini asrashi mumkin, lekin yoshlar to'xtamaydi, ular oxirigacha kurashadi. Yoshlarda o'zlarini ko'rsatish xususiyati yuqori. Birinchi davra o'rtalariga kelib jamoalar soni 14ga etkazilgani qanchalik naf berganini gapirsa bo'ladi. Hozir startda bir nima deyish qiyin.
- Agar "Sho'rtan" Superligaga qaytsa, o'tgan yilgi qaysi xatolarni takrorlamasligi lozim bo'ladi?
- Shaxsiy fikrim, Proligadan Superligaga poydevor bilan chiqish kerak. Proliga ko'p futbolchilar uchun amaliyot vazifasini o'taydi, lekin Superligaga kim qanchalik tayyor buni vaqt ko'rsatadi. Agar biz bu yil Superligaga qaytib, 70 foiz futbolchini saqlab qolsak jamoamiz uchun oson bo'ladi. Yana yangi jamoa tuzishga to'g'ri kelsa, bu qiyin bo'ladi. Shuning uchun birinchi navbatda poydevor kerak. Oldimizga Superligaga qaytish vazifasi qo'yilgan va bu borada ish olib boramiz.
![]() | 30.03.2026 20:22 Ўқилди 12101 Skaloni Messi 1 aprel kuni Zambiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishini tasdiqladi |
![]() | 30.03.2026 18:56 Ўқилди 11413 FIFA Series. O'zbekiston – Venesuela (matnli translyatsiya) |
![]() | 27.03.2026 19:56 Ўқилди 8180 Chempionlar Ligasi-2026 finali vaqti e'lon qilindi |
![]() | 30.03.2026 19:56 Ўқилди 7558 Saloh "Roma"ga qaytadimi? |
![]() | 27.03.2026 19:00 Ўқилди 7151 FIFA Series. Venesuela Trinidad va Tobago ustidan yirik g‘alabaga erishdi |
![]() | 30.03.2026 19:32 Ўқилди 6347 Levandovskini top-klub kuzatib bormoqda |
![]() | 27.03.2026 19:24 Ўқилди 5918 "Real" himoyachisi jamoadan ketadi |
![]() | 04.04.2026 18:48 Ўқилди 5432 "Surxon" - "Buxoro". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 27.03.2026 20:32 Ўқилди 5390 Mbappe: "Ronaldu - mening kumirim" |
![]() | 30.03.2026 00:56 Ўқилди 4600 "Real" Mastantuono bo'yicha yangi taklif oldi |
Реклама
Сайт хақида