- Namangandan kelgan muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, 5 kishilik himoyaga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rgandik. Raqiblar kutganimizdek o'ynashdi. Shukurki, yutib oldik.
- Ushbu jamoalarning o'tgan yilgi bahsida 6:0 hisobi qayd etilgan, Siz bir gol urib, uch assist amalga oshirgandingiz. Bugun shu gollarning yarmi kiritilishi kerak edi. Bunday bo'lmaganiga sabab nimada? - "Mashal" ham yaxshi jamoa, ular yaxshi himoyalanishdi. Bizga ko'p vaziyat yaratishimizga yo'l qo'yishmadi, ayrim vaziyatlarda himoyachilar, bazilarida darvozabon yaxshi o'ynadi. O'zimizda ham ayrim vaziyatlarda dadillik, aniqlik etishmadi.
- O'zbekiston termasi yaqinda FIFA Series musobaqasida ishtirok etdi. Jamoaning ushbu yig'iniga chaqirilmaganingizdan ranjimadingizmi? - Yo'q. Hammaga imkoniyat berilmoqda. Xudo xohlasa yanada yaxshiroq bo'lib borishga harakat qilyapman.
- Kubok guruh bosqichidagi raqiblar haqida nima deya olasiz? - "Xorazm", "Qoraqalpog'iston FA", "FarDU" yaxshi jamoalar. Hozirgi futbolda har bir uchrashuvda maksimal kuch bilan o'ynamasa, g'alaba osonlikcha kelmayapti. Ushbu bahslar uchun ham yaxshi tayyorgarlik ko'rib, g'alaba uchun maydonga tushamiz.