Jahon chempionati boshlanishiga bor-yo‘g‘i 70 kun qoldi. Bo‘lajak mundialda Argentina terma jamoasi amaldagi chempion sifatida o‘z unvonini himoya qiladi.
El Chiringuito ko‘rsatuvida Lionel Messining Jahon chempionatidagi ishtiroki so‘roq ostida ekanligi haqida ma’lumot berildi. Argentinada Messining mundialga borishi kafolatlanmagan degan fikrlar paydo bo‘lmoqda.
Avvalroq matbuotda Messi faqat jismoniy jihatdan 100 foiz tayyor bo‘lgan taqdirdagina Jahon chempionatida qatnashishi haqida yozilgan edi.
2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichida Argentina terma jamoasi Jazoir, Avstriya va Iordaniyaga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi klub darajasida AQSHning «Inter Mayami» jamoasida to‘p suradi.