Ulug'bek Bakaev: "2:0dan keyin ikki gol o'tkazib, durang o'ynash - yoqimli emas"
02.04.2026 21:48 Ўқилди: 598
- Himoya, yarim himoya va hujumda tartibli o'yin orqali boshlagandik. Barchasi yaxshi ketayotgandi, 2:0 hisobida oldinda edik.
Ikkinchi bo'limda esa, balki, futbolchilarning jismoniy holati pastlik qilgandir, durang o'ynadik. Bu yoqimli emas. Bugungi o'yin uchun yigitlarga rahmat aytaman. Endi navbatdagi uchrashuvga tayyorlanamiz.
- “So'g'diyona” birinchi bo'limda ko'p hujum qildi va katta kuch yo'qotdi. Jamoaning 2ta gol o'tkazib yuborishiga o'zgarishlar ham sababchi bo'lmadimi? - Birinchi bo'limni biz ikkinchi bo'lim boshida o'tkazib yubordik. O'sha paytgacha xech qanday o'zgarishlar bo'lmagandi. Bunda Gadoevning ijrosini etirof etish lozim. Shu sababli bir nima deyish qiyin. Ikkinchi bo'limda esa biroz e'tiborsizlik sababli ikkinchi golni ham qo'yib yubordik. Achinarli, albatta. 2:0, shuncha kuch ishlatib 2:2… Yigitlar uchun ham afsusdaman.
- Bugun maydonga tushgan 11 nafar futbolchidan keyingi bahsda qanchasi tushmasligi mumkin? Zero bu oyda Superliga jamoalarida o'yinlar ko'p. - Rotaciya doimo kerak. Barchasi futbolchilarning o'ziga bog'liq. Ko'p e'tiborni mashg'ulotlarga qaratish kerak. Barcha narsa bo'lishi mumkin. O'z navbatida rotaciya ham ehtimoldan xoli emas.