"Chelsi" himoyachisi klubning transfer siyosatini tanqid qildi
02.04.2026 14:24 Ўқилди: 358
Futbolchi "ko'klar"ning asosan yosh va tajribasiz futbolchilarni sotib olishga moyilligidan norozi.
"Men bu klub siyosatining bir qismi ekanligini tushunaman; ular shu yo'nalishda harakat qilib, kelajakka umid bilan qaragan holda yosh futbolchilarni sotib olishadi. Biroq hali ham shu erda bo'lgan va katta turnirlarda g'alaba qozonishni istagan barchamiz uchun bunday holatlar (Chempionlar Ligasida PSJga qarshi umumiy hisobda 8:2 hisobidagi mag'lubiyat) umidsizlikka olib keladi", – dedi futbolchi.
Kukkrelya intervyu mobaynida "Chelsi"ga muvozanatni saqlash va raqobatbardosh bo'lish uchun tajribali futbolchilar ham kerakligini qo'shimcha qilib o'tdi.