APL uchun yangi Suares? Angliya grandlari "Sporting" hujumchisiga etibor qaratmoqda
02.04.2026 14:00 Ўқилди: 344
Bu haqda Portugaliyaning "Correio da Manhã" xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, "Liverpul" va "Nyukasl" 28 yoshli kolumbiyalik hujumchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda, ular uni hujum chizig'i uchun qo'llab-quvvatlovchi sifatida ko'rib chiqmoqda.
Lissabon klubi rahbariyati ayni paytda asosiy o'yinchilaridan biri bilan xayrlashishga shoshilmayapti. "Sporting" hujumchini hech bo'lmaganda JCH-2026 oxirigacha saqlab qolishga umid qilmoqda.
Hujumchi Portugaliya klubiga 2025 yil yozida "Almeriya"dan kelib qo'shilgan. Uning transfer narxi taxminan 22,95 million evroni tashkil etgandi.
Suares ushbu mavsum jamoa tarkibida 42 o'yinda 33 ta gol va 6 ta golli pasga mualliflik qildi.