Xaver Tebasga nisbatan tergov qayta tiklandi: La Liga prezidenti istefoga chiqarilishi mumkin
01.04.2026 23:24 Ўқилди: 108
Bunga 2025 yil yozida Migel Anxel Galan tomonidan taqdim etilgan 50 sahifalik hujjat asos bo'lgan. Unda Tebas "Barselona" tomonidan byudjetni shakllantirish uchun taqdim etilgan ichki ma'lumotlarni La Liga rasmiy saytida e'lon qilib yuborib, neytrallik tamoyillarini qo'pol ravishda buzgani takidlanadi.
Endilikda jarayon quyidagicha davom etadi:
Sud ish bo'yicha maxsus tergovchi tayinlaydi.
Xaver Tebasga rasmiy bildirishnoma yuboriladi va uning etiroz bildirishi uchun 10 kun vaqti bo'ladi.
Agar Tebas belgilangan muddatda javob bermasa, bu uning aybiga iqror bo'lgani sifatida baholanishi mumkin.
Qanday jazo kutilmoqda?
Qoidabuzarlik tasdiqlansa, Tebasga nisbatan ommaviy hayfsan berish, ikki oydan bir yilgacha o'z lavozimidan chetlatish yoki butunlay istefoga chiqarish jazosi qo'llanilishi mumkin.
Qizig'i shundaki, "Barselona"ning sobiq prezidenti Joan Laporta klub ushbu ma'lumotlar tarqalishidan hech qanday zarar ko'rmaganini va sud jarayoniga qarshi ekanini bildirgan edi. Shunga qaramay, sud ishni oxirigacha etkazishga qaror qildi. Ispaniya futboli rahbariyatida katta o'zgarishlar bo'lishi ehtimoli kundan-kunga ortmoqda.