"Italiyalik futbolchilarni himoya qilishimiz kerak": Siyosatchi Bandekki Italiya futbolini "milliylashtirish"ni taklif qildi
01.04.2026 21:48 Ўқилди: 558
Eslatib o'tamiz, Italiya Bosniya va Gercegovinaga mag'lub bo'lib (1:1, pen. 1:4), ketma-ket uchinchi bor mundialsiz qoldi.
"Agar biz milliy sportchilarimizni tarbiyalash va himoya qilishni boshlamasak, keyingi yuz yil davomida ham Jahon chempionatlariga chiqa olmaymiz. Bir yoki ikki marta chiqa olmaslik - bu omadsizlik, lekin uchinchi martasi tizimdagi jiddiy muammolardan dalolat beradi. Federaciya zudlik bilan qoidalarni o'zgartirishi shart", - dedi Bandekki.
"Ternana" klubining sobiq prezidenti italyan futbolini qayta milliylashtirish zarurligini ta'kidladi: "Har hafta chiroyli o'yinlarni tomosha qilamiz, lekin ularda italyan tilida gapirmaydigan juda ko'p sportchilar o'ynayapti. Agar futbol italyan bo'lib qolishini istasak, aniq qarorlar qabul qilishimiz kerak. Bosniyaga qarshi o'yin g'alaba qozona olmasligimizni yana bir bor isbotladi. Yigitlar borini berishdi, lekin bu Jahon chempionatiga chiqish uchun etarli emasligi ko'rinib qoldi".
Shuningdek, Bandekki A, B va C seriyalarida jamoalar sonini tartibga solish va yoshlar futboliga bo'lgan talablarni tubdan o'zgartirish bo'yicha o'z loyihasini taklif qildi. Uning fikricha, ichki birinchilikda mahalliy kadrlarga ko'proq imkoniyat berilmas ekan, terma jamoa inqirozdan chiqib keta olmaydi.