Arne Slot: "Odamlar bizning qimmatga futbolchilar olib kelganimizni gapirishyapti"
21.03.2026 23:08 Ўқилди: 145
Bugun mersisaydliklar APL 31-turi doirasida "Brayton" maydonida 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
"Angliyadagi muxlislar klublarning futbolchilarini sotib yuborishiga odatlanmagan. Odatda ingliz klublari faqatgina pullarni ishlatishadi va kuchli tarkibni yig'adi deb o'ylashadi, ammo bizning klub modeli boshqacha.
Hech kim buni ko'rishni va tushunishni istamayapti. Ayrim ekspertlar bizning 300 millionlik futbolchilarimizni sotib yuborganimizni eslashmaydi ham. Agarda 150 millionlik futbolchi o'yinga tayyor bo'lmasa - bu ham bir muammo.
Agarda Leoni tayyor bo'lmasa - bu ham bir muammo. Jeremi Frimpong yaqindan tarkibda ko'rina boshlandi. Mamardashvili - yaxshi transfer. Agarda Siz pul sarflamasdan turib chempion bo'lsangiz-u, 450 million emas, 150 million ishlatsangiz ham kutilmalar o'sha-o'sha bo'lib qoladi.
Bizning klub esa holatga va o'sha paytdagi sharoitlarga ko'proq etibor qaratiladi. Balki hozir nima sababdan mavsumda bunday natijalarga duch kelayotganimizni baholashimiz kerakdir. Lekin bu ham etarli emas. Qanchalik bahona qilsam ham bu etarli bo'lmaydi", - dedi Slot.