
- O'yin haqida fikringiz?
- Qiyin bahsni o'tkazdik. Fursatdan foydalanib klubimiz rahbariyati, muxlislarni va hammani bugungi g'alaba, ertangi Hayit bayrami bilan tabriklayman. Yana o'yinga qaytadigan bo'lsak, oson bo'lmagan g'alabani qo'lga kiritdik. Jamoamiz xarakter ko'rsata oldi. Oxirigacha kurash olib borishgani uchun futbolchillarga rahmat aytib qolaman.
- Siz qaysi klubda ishlamang doim xarakterli jamoa shakllantirishga uringansiz va buning uddasidan chiqqansiz. Bugun ham jamoa raqibni kuchli xarakter evaziga mag'lub etganini aytib o'tdingiz. Tanaffusda yigitlarga nima dedingiz?
- Har doim birinchi taymdan so'ng futbolchilarga gapiramiz. Bugun ham shunday bo'ldi. Albatta, aynan nima deganimni so'zma-so'z aytishning hojati bo'lmasa kerak. Biz nimada yutqazayotgandik va nimani to'g'rilashimiz kerak edi. Shular haqida gapirdik. Ikkinchi golni urib olganimizdan so'ng o'zimizga bo'lgan ishonch ortdi. To'p nazoratini yo'qotmaslikka harakat qildik. "Dinamo" o'z o'yinini namoyish etdi. Ochig'ini aytishim kerak, bugun omad ham biz tomonda bo'ldi.
- Jamoaning bu yilgi maqsadi haqida...
- Maqsadimiz ulkan deb katta gapirish kerakmas. Futbolda bitta o'zgarmas maqsad bo'ladi: maydonga chiqib g'alabaga harakat qilish va muxlislarni xursand etish. Biz ularga yoqadigan o'yin va natija ko'rsatishimiz lozim. Hozircha faqat har bir o'yinda oxirigacha kurashamiz deb vada bera olaman.
- Xomyakov "Dinamo" va Abramovga syurpriz tayyorlamoqda mavzusidagi videolarni ijtimoiy tarmoqlarda ko'rdik. Ikkinchi taymdagi o'yin raqibga syurprizmidi?
- Yo'q. Siz qaysi syurpriz haqida gapirayotganingizni bilmayman. Shuni aytishim mumkin uyatli gol o'tkazdik va tezkor gol urdik. Ikkinchi golda omadimiz keldi, uchinchi golimiz esa o'yinga yakun yasab berdi. Shuning uchun alohida syurpriz qilmadik.
- Aytishlaricha, PFL keyingi o'yinlarda bu maydonda futbol o'ynash haqida o'ylab ko'rarmish. Bu sizni xavotirga soladimi?
- Maydon holati borasida har doim turli gaplarni eshityapmiz. Hamma norozi. Lekin menga qolsa o'z maydonimizda, o'z muxlislarimiz qarshisida to'p tepishni afzal ko'raman. Muxlislar biz bilan ekanligini doim his qilib turishimiz kerak. Hozir chempionatda qisqa tanaffus yuzaga keladi. Menimcha, maydon holatini yaxshilash ustida ish olib borilsa kerak.
- G'alabadan keyin muxlislarga nima degan bo'lardingiz?
- Ishqibozlarni mamnun etganimizdan xursandmiz. Biz doim birga ekanligimizni futbolchilar juda yaxshi tushunib turibdi va bu muhim rol o'ynaydi.
- O'yindan oldin raqibni qanchalik o'rgandingiz?
- Hamma qatori biz ham raqiblarni o'rganib chiqamiz. "Dinamo"da o'yin oxirlariga borib intensivlik pasayib ketishini bilardik. Lekin bugun intensivlik pasaymadi. Hisob 3:1 bo'lgach, o'yin oxirlarida ham "Dinamo" faol harakat qildi. Lekin baribir raqibning kuchsiz tomonlarini o'rganib ish olib borishga harakat qilamiz. Sifatli tahlil sifatli tayyorgarlik uchun qo'l keladi. Oldimizda uzoq yo'l bor. Ishlaydigan jihatlarimiz ko'p. Pauzadan foydalanib xatolarni to'g'rilashga harakat qilamiz. Har doim ham bir xil xarakterda maydonga chiqishning iloji yo'q. Lekin doim chiroyli natija ko'rsatishga intilamiz.
![]() | 18.03.2026 01:56 Ўқилди 21413 ECHL. "Manchester Siti" – "Real Madrid" 1:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 18.03.2026 00:56 Ўқилди 14887 ECHL. "Manchester Siti" – "Real Madrid" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 12.03.2026 01:00 Ўқилди 14672 Superliga. "Buxoro" – "Xorazm" 1:1 |
![]() | 12.03.2026 01:56 Ўқилди 14302 Aleksandr Xomyakov: "Barchasi yaxshi bo'ladi, xavotir olmang. Futbolchilarga etirozim yo'q" |
![]() | 11.03.2026 01:00 Ўқилди 8952 ECHL. "Nyukasl" - "Barselona" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 18.03.2026 01:24 Ўқилди 8367 ECHL. "Manchester Siti" – "Real Madrid" 0:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 12.03.2026 01:32 Ўқилди 7826 ECHL. "Real Madrid" - "Manchester Siti" 2:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 18.03.2026 22:56 Ўқилди 7638 ECHL. "Barselona" - "Nyukasl" 1:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 18.03.2026 00:24 Ўқилди 6565 "Bavariya" "Real"ga qarshi ehtimoliy to'qnashuv oldidan "Bernabeu"ning tomidan "cho'chimoqda" |
![]() | 17.03.2026 01:32 Ўқилди 4659 OFK bosh kotibi: Eron JCH-2026 da ishtirok etadi |
Реклама
Сайт хақида