Pep Gvardiola: "Doimo "Manchester Siti"ning yaxshi bo'lishini istayman"
13.03.2026 21:56 Ўқилди: 257
Ertaga "shaharliklar" APL 30-turida "Vest Xem" maydoniga safar uyushtiradi.
- "Real" bilan o'yin natijasidan hissiyotlar qolmasligi uchun nima qilish kerak? - Bilmadim, ko'ramiz. Ertaga kechqurun bizni APLdagi muhim o'yin kutib turibdi. Keyin esa javob o'yini. Biz bir necha yillardan buyon shunday holatga duch kelyapmiz.
- Tarkibdagi tanlov noto'g'ri bo'lmadimi? - "Real"ni yutdikmi yoki yutqazdikmi? Yutqazdik. Demak tanlov juda yomon bo'lgan. "Nyukasl"ni mag'lub etdikmi yoki yutqazdikmi? Yutdik. Demak tanlov to'g'ri bo'lgan.
- Balki tarkibni o'zgartirish kerak bo'lmagandir? - Yo'q, yo'q, yo'q. Men Angliya Kubogi, Angliya Liga Kubogidagi qarorlarni doimo o'ylab yuraman. Har doim "Manchester Siti"ning yaxshi bo'lishini istayman, - dedi Pep Gvardiola.