"Xorazm" OKMK bilan uchrashuvda tarixiy natija qayd etdi
07.03.2026 15:56 Ўқилди: 233
Match-senterda ochish
Bu jamoalarning elita doirasdagi 7-to'qnashuvi bo'ldi. Bunga qadar o'tkazilgan 6 ta qarama-qarshilikning 4 tasida olmaliqliklar g'alabani o'ziniki qilgan, 2 ta bellashuvda durang qayd etilgan edi. "Xorazm" kecha o'z tarixida birinchi marotaba OKMK ustidan zafar quchishning uddasidan chiqdi.
Malumot uchun, "Xorazm" Superligadagi navbatdagi uchrashuvini 11 mart kuni safarda "Buxoro"ga qarshi o'tkazadi.