Fabio Kannavaro "Bunyodkor" jamoasi mashg'ulotiga bordi
07.03.2026 14:56 Ўқилди: 386
Lekin kecha "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida Fabio Kannavaro jamoa mashg'ulotiga tashrif buyurganini aytib o'tdi.
"Ikki-uch kun oldin ular murabbiylar shtabi bilan tashrif buyurib, mashg'ulotlarimizni tomosha qilishgani yoqimli bo'ldi. Chempionat, qiyinchiliklar, madaniyat bo'yicha gaplashdik. Murabbiy sifatida uni tanimasdim va birinchi marta suhbatlashdim. Ularning shtabi bilan suhbat bo'ldi. Keyinchalik asosan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar o'zaro suhbatlar olib borishdi",- deydi Ilyos Zeytullaev.
Malumot uchun, terma jamoa murabbiyi kecha "Bunyodkor" - "Dinamo" bahsini ham stadionda tomosha qildi.