
- Avvalambor, "Buxoro"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin qiyin bo'ldi. Tushunarliki, "Buxoro" yaxshi himoyalanadi va o'yinni buzishga harakat qiladi. Bunday paytda birgina vaziyat va gol barchasini o'zgartirib yuborishi mumkin edi. O'zimiz vaqtida gol ura olmadik. Harakat qildik, ko'p ham imkoniyatga ega bo'lmadik. Bunga raqiblar ham imkon bermadi. Xatolarni ham ko'rib oldik. Gol o'tkazib yuborganimiz yaxshi bo'lmadi. Yigitlar o'yinni qutqarib qolishi kerak edi. Raqiblarning himoyasini yorib o'tishga qiynaldik. Bu mavsumning boshi. Xatolardan hulosa chiqaramiz. Vahimali joyi yo'q. Keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Bu murabbiylarga nimalar ustida ishlanishi kerakligini ko'rsatadi. "Buxoro"ni yaxshi o'rgangandik. Ular ko'proq himoyada o'ynashini bilardik va nimalar qilishimiz kerakligi borasida tayyorlandik. Bu qaerdadir o'xshadi, qaerdadir yo'q. Shu boisdan bu bir tomondan foydali o'yin bo'ldi, kamchiliklar, xatolarni ko'rib oldik. Hali hammasini joyiga tushirib olamiz.
- Odatda o'zgarishlar o'yinni kuchaytirish uchun bo'ladi. Hujumdagi o'yinchilarni olish hisobiga jamoaning imkoniyatlari pasayib ketmadimi? Ikkinchi savolim: qishda jamoada o'zgarishlar bo'ldi. Tarkibga hujumga kelgan futbolchilarning yo'qligi orqali vaziyatlardan foydalana olmaslik Sizni qiynab qo'ymayaptimi?
- Yo'q, vaziyatlardan foydalana olmaslik meni tashvishga solmayapti. Legionerlar so'nggi kunlarda jamoaga kelib qo'shilishdi. Tarkibdagi boshqa futbolchilarning ham darajasi yuqori. Tarkibga moslari bilan o'yinda harakat qilamiz. O'z futbolchilarimga ishonaman. Istalgan jamoa bunday himoyaga qarshi qiynaladi. Ular ham bizga imkoniyat bermaslikka harakat qildi. Biz ozgina to'g'riroq o'ynashimiz kerak edi. Qaysidir holatlarda raqiblardan yaxshiroq o'ynadik. Menimcha ko'proq o'sha kabi o'ynashimiz kerak edi. Ko'ramiz, bu muammo emas deb o'ylayman. Oldinda o'yinlar ko'p. O'yindan o'yinga kuchayib boraveramiz. Albatta, mag'lubiyat hech qachon yoqimli bo'lmagan. Bu o'z tasirini o'tkazmay qolmaydi. Bu mag'lubiyat bizni yanada kuchliroq qiladi.
- O'yin oldidan chiqarilgan malumotda Aleksandr Xomyakov Siz uchun noqulay raqib ekanligi ko'rsatildi. Buning sababi nimada?
- Ushbu murabbiyning jamoalari himoyada zich o'ynashadi. Ko'p o'yinni buzishga harakat qiladi. Bazida o'zi ham futbol o'ynamaydi va raqibga ham buning imkoniyatini bermaydi. Raqib tarkibidagi barcha futbolchilarni bilamiz. "Olimpik"daligimda ularga qarshi ko'p o'ynaganmiz. Bugun o'sha futbolchilarim tajribaliroq. Shunda ham bizda ishlanmalar to'liq emasligini ko'rdik. "Buxoro"da ham yaqqol vaziyatlar ko'p bo'lmadi. Bittagina standart o'yinni o'zgartirib yubordi. Ha, zo'r o'ynadik deya olmayman. Lekin o'yinni qutqarib qolish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi. Bugun bizning kun emas ekan. Ularning bir vaziyati golga aylangan bo'lsa, bizda bunday bo'lmadi.

- Siz murabbiy sifatida bungacha terma jamoa o'zagi bo'lgan "Olimpik"da va keyinchalik O'zbekiston terma jamoasida ishladingiz. Yosh va vazifa nuqtai nazaridan "Navbahor" Siz uchun birinchi jiddiy jamoa. Dastlabki ikki turda jamoangiz kutilgan o'yinni ko'rsata olmagani Sizni tashvishga solmayaptimi?
- Murabbiy sifatida barcha holatlarni to'g'ri qabul qilaman. Nimalar o'xshayotganini, nimalar o'xshamayotganini bilaman. Buning uchun nimalar qilish kerakligini ham tushunib turibman - qaysi holatda futbolchilar qaerda turishi kerakligini, qaysi holatda gollar urilishini... Barchasini o'yindan o'yinga o'zgartirib boramiz. Bizda jamoa yangi, barchasini o'zgartirish uchun vaqt ko'p emas. Yig'inlar davomida ham barchani 100 foizga ko'rib olishning imkoni bo'lmadi. Chunki birinchi yig'inda terma futbolchilari milliy jamoada bo'lishdi. Keyinchalik legionerlar kechroq qo'shilishdi. Shu sababli chiziqlar orasidagi o'zaro tushunishni shakllantirish uchun vaqt kerak. Tushunarli, bu rasmiy o'yinlar. Sekinlik bilan yaxshilanib borishimizga ishonaman.
- Maydonda "buzuvchi" va "quruvchi" jamoalar to'qnash keldi. Keyingi safar shunday holat bo'lib qolsa, himoyani yorib o'tish nima qilish kerak bo'ladi?
- Ushbu o'yin biz uchun ko'p narsalarga oydinlik kiritadi. Biz himoyani yorib o'tish uchun boshqa taktika, yo'llarni qo'llasak ham bo'lardi. Bu o'yinni taxlil qilamiz, yigitlarga ko'rsatamiz. Keyingi o'yinda tartibli o'ynashga harakat qilamiz. Aks holda o'yin oxirida nimalar bo'lishini bilib turibmiz. Raqib jamoa ochiqroq o'ynasa, osonroq bo'lishi mumkin. Agarda jamoani to'g'ri yo'naltirsa, yopiq o'ynaydigan raqibni ham yutish mumkin.
- Husayn Norchaev qachon safga qaytadi?
- Norchaev hozir Italiyada davolanish jarayonida. Barchasi tugagandan keyin u bizga etib keladi va jamoaga qo'shiladi.
- "Buxoro" dastlabki ikki o'yinda g'alaba qozondi. Hozir dunyo futbolida burchak zarbalariga etibor katta. "Navbahor" bu zarbalarga tayyorgarlik ko'ryaptimi?
- Birinchi o'yindayoq standartlarni ko'rib oldik va yigitlarga tushuntirdik. Shunda ham blokdagi futbolchilarimiz xatoga yo'l qo'ydi. Raqib osonlikcha sakrab, gol urib ketyapti. Hech kim to'sqinlik qilmadi. Bu individual xato. Buni ham ko'rib chiqamiz. Umuman olganda standartlarga ham tayyorlangandik.
- "Arsenal" misolida qarasak, burchak zarbalariga etibor oshib ketdi, desak bo'ladimi?
- Istalgan standartga tayyorlangandik. To'p ham raqibning sakraydigan joyiga bordi. To'p ozgina teparoqdan yoki boshqa tomondan ham o'tishi mumkin bo'lgandi. Lekin biz raqibga imkoniyat berdik. Shu boisdan har bir o'yinda standart katta rol o'ynaydi.
- Murabbiy sifatida termada ishlashni afzal ko'rasizmi yoki jamoada?
- Men ikkalasida ham ishladim. Bu erda tayyorgarlik boshqacha bo'ladi. Termada malum vaqtda jamoani yig'ib, faqatgina vazifani bajarish kerak bo'ladi. Jamoada esa doimo bir xil rejimda ishlash kerak. Men uchun ikkalasi ham qiziqarli. Ikkalasida ham ishlash qiyin. Lekin natijalarga erishish kerak.
- Jamoangiz uzoq masofadan zarbalar bermadi. Bu Sizning ko'rsatmangizmidi?
- Imkoniyat bo'lganda uzoqdan tepishni ham bilish kerak. Lekin buning uchun jamoani to'g'ri tayyorlash kerak. Menga qolsa to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlash kerak. Biz ko'p bunday qila olmadik. To'pni ko'p ushlab qoldik. "Buxoro" jamoasi ham yaxshi himoyalandi, imkoniyat bermadi. Biroz sabrli bo'lib, to'pni ko'proq jarima maydonchasi ichiga tashlab, kurashishimiz kerak edi, shunda imkoniyatlar ko'proq bo'lardi. Oxirida buni qo'llashni boshladik va bir qancha imkoniyatlar bo'ldi. Barchasini ko'rib chiqamiz, taxlil qilamiz va hulosa chiqaramiz.
![]() | 26.02.2026 01:24 Ўқилди 5633 ECHL. "Real Madrid" - "Benfika" 1:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 04.03.2026 01:00 Ўқилди 4674 Ispaniya kubogi. "Barselona" - "Atletiko" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 25.02.2026 01:08 Ўқилди 4153 ECHL Pley-off bosqichi javob o'yinlari |
![]() | 04.03.2026 01:56 Ўқилди 3872 Ispaniya kubogi. "Barselona" - "Atletiko" 2:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 05.03.2026 00:24 Ўқилди 2878 APL. "Manchester Siti" - "Nottingem Forest" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 05.03.2026 03:24 Ўқилди 2698 APL. MYU bir taym o'n kishi bo'lib o'ynagan "Nyukasl"ga mag'lub bo'ldi |
![]() | 01.03.2026 21:32 Ўқилди 2672 APL. "Arsenal" - "Chelsi" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 27.02.2026 02:16 Ўқилди 2600 Daniel Farke: "Gvardiola hammadan bir qadam oldinda" |
![]() | 26.02.2026 02:08 Ўқилди 2596 Saudiya Arabistoni. "Al Nassr" safarda yirik g'alaba qayd etdi, Ronaldudan navbatdagi gol! |
![]() | 05.03.2026 01:08 Ўқилди 2313 APL. "Manchester Siti" - "Nottingem Forest" 1:0 (matnli translyaciya) |
Реклама
Сайт хақида