
"JCHda 48 jamoa qatnashadi. FIFA ularni mehmonxona va mashg'ulot maydoni bilan taminlashi kerak. Jamoalar uchun eng asosiy narsa shu. Mehmonxonasi va mashg'ulot maydoni bo'lsa bo'ldi.
48 jamoa uchun FIFA 64 ta mashg'ulot maydoni va 64 ta mehmonxona taklif qildi. Yani mehmonxona bilan mashg'ulot maydoni bir-biriga bog'langan. Mehmonxonani tanlasangiz, o'shaning mashg'ulot maydoni ham bor. FIFA 64 variantni o'tgan yilning boshida elon qilgan edi va saytiga qo'yib: "O'rganib chiqinglar", degan.
Jamoalar o'rganib chiqishdi, hatto borib ko'rib ham kelishdi. Keyin qurani kutishdi.
Shu 64 ning ichidan har bitta jamoaga 5 ta variant berildi. Jamoalar o'zining xohishiga qarab: "Birinchi variantim — bu, ikkinchi variantim — bu, uchinchi variantim — bu", belgilashgan. Keyin FIFA o'rganib chiqib: "Mana shu sizlarning yakuniy tanlovinglar", deb qaror bergan.

Iloji boricha, hammaga birinchi variantini bergan, lekin to'qnash kelib qoladigan bo'lsa, jamoalarning reytingiga qaralgan. Masalan, O'zbekiston Atlantani tanladi. Aytaylik, Germaniya ham: "Atlantada turaman", deb tanlagan bo'lsa, FIFA hujjatlarni o'rganadi va Germaniyaning reytingi baland bo'lganligi uchun, nemislarga ustuvorlik beradi. Shunda O'zbekiston ikkinchi variantga o'tishga majbur bo'ladi. Shu qoida bo'yicha jamoalar tanlab-tanlab, ajratib-ajratib, jamoalarga mehmonxonalar ajratilgan.
Musobaqa bo'lib o'tadigan shaharlar suratdagi uchta doiraga bo'lingan. Oq teglar va qizildagilari — mezbon shaharlar. O'zbekiston o'rtadagi markaziy doiraning ichida. Shuning uchun markaziy doiraning ichidagi joylardan bittasini tanlagan. Yani u chekkadan — Sietldan yoki Bostondan tanlasa bo'lmas edi, unaqa variant berilmas edi. Mana shu markaziy doiraning ichidagi mehmonxona tanlagan.

O'zbekistonning o'yinlari Hyuston, Atlanta va Mexikoda bo'ladi. Uchalasi ham shu markaziy doiraning ichida. Atlanta — O'zbekiston o'ziga baza qilib tanlab olgan joy. Musobaqa oxirigacha jamoamiz shu joyda istiqomat qiladi", – deyiladi xabarda.
![]() | 26.02.2026 01:24 Ўқилди 5621 ECHL. "Real Madrid" - "Benfika" 1:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 04.03.2026 01:00 Ўқилди 4662 Ispaniya kubogi. "Barselona" - "Atletiko" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 25.02.2026 01:08 Ўқилди 4150 ECHL Pley-off bosqichi javob o'yinlari |
![]() | 04.03.2026 01:56 Ўқилди 3860 Ispaniya kubogi. "Barselona" - "Atletiko" 2:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 24.02.2026 03:00 Ўқилди 3575 APL. Kerrikning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadi: "Manchester Yunayted" mehmonda "Everton"ni mag'lub etdi |
![]() | 05.03.2026 00:24 Ўқилди 2878 APL. "Manchester Siti" - "Nottingem Forest" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 24.02.2026 01:00 Ўқилди 2788 APL. "Everton" - "Manchester Yunayted" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 05.03.2026 03:24 Ўқилди 2698 APL. MYU bir taym o'n kishi bo'lib o'ynagan "Nyukasl"ga mag'lub bo'ldi |
![]() | 01.03.2026 21:32 Ўқилди 2672 APL. "Arsenal" - "Chelsi" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 27.02.2026 02:16 Ўқилди 2597 Daniel Farke: "Gvardiola hammadan bir qadam oldinda" |
Реклама
Сайт хақида