- Afsuski, bugun o'z muxlislarimizni xursand qila olmadik. Adolatsiz mag'lubiyat bo'ldi, kamida durangga loyiq edik. Raqib himoyada taktik bexato harakat qildi. O'z navbatida biz ham hujumda yomon ko'rinmadik, ko'plab vaziyatlar yaratdik. Faqat gol urishimiz kerak edi. O'tkazib yuborilgan har ikki golni oladigan bo'lsak, ikkita zarba ikkita gol bo'ldi. Himoyada juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. Bu esa raqibning g'alabasini taminladi. Chempionat endi boshlandi, hali qiladigan ishimiz ko'p. Biz hamon izlanishlar bosqichidamiz. Uzoq yo'l bosib kelgan muxlislardan uzr so'rayman. Har bir mag'lubiyat jamoa uchun dars bo'ladi. Biz ham bundan ijobiy xulosa chiqarishga harakat qilamiz.
- Birinchi o'yindan keyin 60 foizga o'z darajamizni ko'rsatdik deb aytib o'tgandingiz. Bugungi uchrashuvdan keyin nima deya olasiz?
- Hamon o'zimizni to'liq ko'rsata olganimiz yo'q. Lekin qaysidir jihatlarda o'sish bor deb o'ylayman. Bazan juda keng bo'lib o'ynayapmiz, buni ham ko'rib chiqish kerak. Imkoniyatimiz ancha yuqori, vaqti kelib buniyam namoyon etamiz. "Qizilqum" birinchi o'yinni yaxshi o'tkazgandi. Bugun ham chiroyli harakat qildi. Bizda muammolar bor va nimaligini yaxshi bilamiz. Tezroq ushbu muammolarni bartaraf etishga harakat qilamiz.