
- O'yin haqida fikringiz?
- Juda hayajonli va og'ir o'yin bo'ldi. Birinchi taymda o'ylagan rejamiz amalga oshdi. "Paxtakor"ga bizga ko'p muammo tug'dirmadi. Tanaffusdayoq 2-3 nafar o'yinchini almashtirishimiz kerak edi, bu esa mening xatoyim bo'ldi. Ikkinchi taymda nimalar sodir bo'ldi, hayronman. Biz haliyam kiyim almashtirish xonasida qolib ketgandek tasavvur uyg'ondi. Nima bo'lgan taqdirda ham futbolchi almashtirishimiz kerak edi. Maydonda o'n kishi qolib ham gol urdik, faqat shu xursand qildi.
- Avvalgi bahsda ham, bugun ham Javohir Sidiqov bilan Shohruh Gadoevning o'yini chiqmadi. Ularga etirozingiz bormi?
- To'g'ri savol berdingiz. Ular ham harakat qilyapti, ular ham odam. "Buxoro" bilan bahsda ularni almashtirgandik. Bu ikki futbolchimiz o'z darajasini hali 50 foiz ham ko'rsata olgani yo'q. Bu nima bilan bog'liq ekanini bilmayman. Biz doim futbolchilarni nazorat qilib turamiz. O'yin oxirida ko'rsatgan o'yinimizni bahs davomida ko'rsatishimizni xohlagandim. Hammasini tahlil qilamiz.
- Hakam "Paxtakor" o'yinchisiga qizil kartochka ko'rsatib, keyin bekor qilindi.
- Qiziq savollar beryapsiz, bu savolga ham javob berish yoqimli. Hakamlar qo'mitasi qarorini bir-ikki kun kutishimizga to'g'ri keladi. Bu holatni nima deb izohlashlari menga ham qiziq. Bungacha raqibning 4-raqamli futbolchisi to'pni qo'li bilan o'ynagandi, lekin shu vaziyatga negadir hech kim etibor bermadi. Siz aytgan vaziyatni esa sinchiklab ko'rishdi. Aytib o'tganimdek, qo'mita fikrini kutamiz. Men o'yin tugashi bilan ro'y bergan voqeani ko'ra olmadim, shu bois aniq bir gap aytishim qiyin. Vaziyat og'ir, lekin hammasini o'nglashga harakat qilamiz.
![]() | 26.02.2026 01:24 Ўқилди 5603 ECHL. "Real Madrid" - "Benfika" 1:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 04.03.2026 01:00 Ўқилди 4647 Ispaniya kubogi. "Barselona" - "Atletiko" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 25.02.2026 01:08 Ўқилди 4141 ECHL Pley-off bosqichi javob o'yinlari |
![]() | 04.03.2026 01:56 Ўқилди 3836 Ispaniya kubogi. "Barselona" - "Atletiko" 2:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 24.02.2026 03:00 Ўқилди 3569 APL. Kerrikning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadi: "Manchester Yunayted" mehmonda "Everton"ni mag'lub etdi |
![]() | 05.03.2026 00:24 Ўқилди 2857 APL. "Manchester Siti" - "Nottingem Forest" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 24.02.2026 01:00 Ўқилди 2788 APL. "Everton" - "Manchester Yunayted" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 01.03.2026 21:32 Ўқилди 2669 APL. "Arsenal" - "Chelsi" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 27.02.2026 02:16 Ўқилди 2597 Daniel Farke: "Gvardiola hammadan bir qadam oldinda" |
![]() | 26.02.2026 02:08 Ўқилди 2593 Saudiya Arabistoni. "Al Nassr" safarda yirik g'alaba qayd etdi, Ronaldudan navbatdagi gol! |
Реклама
Сайт хақида