Tramp Eronning JCHdagi ishtiroki haqida: “Menga farqi yo‘q”
04.03.2026 10:44 Ўқилди: 145
AQSH prezidenti Donald Tramp Eron terma jamoasining 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etishi uni qiziqtirmasligini bildirdi.
“Menga haqiqatan ham farqi yo‘q. Menimcha, Eron — jiddiy mag‘lubiyatga uchragan mamlakat. Ular tang ahvolda”, dedi Tramp Politico nashriga bergan intervyusida.
Jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning “G” guruhida Belgiya, Misr, Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari joy olgan.
Agar AQSH va Eron o‘z guruhlarida ikkinchi o‘rinni egallasa, bu ikki mamlakat 3 iyul kuni Dallasda bo‘lib o‘tadigan pley-off bahsida o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin.
Avvalroq Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Toj bunday holatda mamlakat Jahon chempionatini umid bilan kutmasligini ta’kidlagan edi.