
— Mavsumni g'alaba bilan boshlaganingiz bilan tabriklaymiz. Bugungi uchrashuvdan so'ng fikrlaringiz?
— Assalomu alaykum. Albatta, mavsum boshlangani bilan hammani tabriklayman. Butun Namangan ahlini, muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Qiyin uchrashuv bo'ldi. Ayniqsa Samarqandda o'tadigan birinchi uchrashuv qiyin bo'lishini bilardik. Ammo, yaxshi harakat qildik. Kerakli nuqtada samarali harakat qildik va g'alaba qozondik. Shuning uchun hammani g'alaba bilan tabriklayman. Keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.
— "Navbahor"ga kelishingizdan oldin sizga ko'p takliflar bo'lganini bilamiz. Xorijdan, boshqa milliy jamoalardan ham taklif bo'lgan. Ammo, «Navbahor»ni qabul qildingiz. Bugungi o'yindan keyin to'g'ri qildim deb o'ylagan bo'lsangiz kerak, chunki jamoa tartibli, yaxshi o'yin ko'rsatdi.
— Yo'q, bugungi o'yindan xulosa chiqarmaymiz. Albatta, ko'p o'yladik, variantlar ham bor edi. Lekin "Navbahor" muxlislari ikki yildan beri xohishini bildirib kelardi, shu sabab shunday qarorga keldim. Namanganda futbolni yaxshi ko'rishadi. Shuning uchun rahbariyat ham ishonch bildirdi. Namangan futboli uchun harakat qilamiz.
— Dastlabki g'alaba bilan tabriklaymiz. Bugungi o'yinda jamoadagi Umar Adhamzoda hamda Shohruhning o'yinlari haqida nima deya olasiz? Qolgan jamoa azolariga nisbatan passivroq ko'ringandek.
— Albatta, savollar ko'p, lekin umuman olganda har bir futbolchim maydonda yaxshi harakat qildi. Albatta, xatolar bo'ldi. Albatta, raqib jamoa ham xato qildirishga urindi, lekin o'ylaymanki, o'yindan-o'yinga yana ham kuchayishadi. Xatolar bor, uning ustidan ishlaymiz. Eng asosiysi, g'alaba qozondik. Kamchiliklarni to'g'rilaymiz. Umar ham, boshqa bolalar ham qaysi darajadagi futbolchi ekanligini bilamiz. O'yin qiyin o'tganini ko'rdingiz. Yana ro'za paytidamiz, shuning uchun o'ziga yarasha baribir kamchiliklar, qiyinchiliklar bor, lekin unga qaramasdan yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Har bir futbolchim maydonda yaxshi harakat qildi, borini berdi. Eng muhimi shu. Eng muhimi — g'alaba. Shuning uchun zaxiramiz bor, shuning uchun har doim rotaciya qilib, o'yindan-o'yinga yana ham kuchayamiz. Chunki bir-biriga munosib futbolchilarimiz ko'p.
— Viloyat hokimi tomonidan bu yil "Navbahor" oldiga, sizning oldingizga konkret, aniq vazifa qo'yilganmi?
— Bilasizlar, "Navbahor" har doim yuqori maqsadlar uchun kurashadi. Shuning uchun hech nima o'zgarmadi va hozirgi kunda oldimizga eng yuqori vazifa turibdi. Shunga harakat qilamiz.
— Vodiyning ikki jamoasi ham birinchi turda g'alaba qozondi, "Neftchi" ham g'alaba qozondi va bu yil vodiy jamoalarining uchalasi ham chempionlik uchun kurashishini ko'pchilik gapiryapti va bu bosh murabbiyga qo'shimcha motivaciya bersa kerak, sababi O'zbekistonda eng yaxshi bo'lish vodiyda ham eng yaxshi bo'lish deganidir.
— Endi ko'ryapsizlar, yildan-yilga futbol kuchaymoqda, jamoalar ham shunday, vazifalar ham o'ziga yarasha kuchaymoqda. Shuning uchun nafaqat vodiy, o'ylaymanki, har bir jamoaning maqsadi bor. Vodiydan tashqari boshqa jamoalar ham, kuchli jamoalar bor. Shuning uchun oson o'yinlar bo'lmaydi. Yilning oxirida kim qaysi o'rinda ekanligi ko'rinadi, chunki yo'l uzoq, bu birinchi tur. Mavsum endi boshlandi, o'yinlar ko'p. Kim barqaror bo'lib oxirigacha borsa, o'sha, albatta, oxirida yuqori pog'onani oladi.
— Braziliyalik Aleks Fernandes bugungi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. Buning sababi nima?
— Bilasizlar, o'zi yaqinda qo'shildi, shuning uchun hali formasi optimal darajaga kelgani yo'q. Shuning uchun oldimizdagi o'yinlarda undan foydalanamiz. Undan tashqari zaxiramizda yana yaxshi futbolchilarimiz bor. Albatta, bitta o'yinda hammani tushirish imkoniyati yo'q, lekin o'yinlarimiz ko'p, shuning uchun har birida imkoniyat bo'ladi va bir-birini to'ldirish uchun jamoa uchun yaxshi.
![]() | 26.02.2026 01:24 Ўқилди 5504 ECHL. "Real Madrid" - "Benfika" 1:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 21.02.2026 01:56 Ўқилди 4406 Mikel Arteta: "Yutib turganimizda bizni yaxshi ko'rib qolish oson. Durang va mag'lubiyatda ham bizni yaxshi ko'ring" |
![]() | 23.02.2026 02:48 Ўқилди 4369 A Seriya. "Atalanta" "Napoli"dan ustun keldi, "Milan" o'z maydonida "Parma"ga mag'lub bo'ldi, "Roma" esa yirik g'alabaga erishdi |
![]() | 25.02.2026 01:08 Ўқилди 4045 ECHL Pley-off bosqichi javob o'yinlari |
![]() | 24.02.2026 03:00 Ўқилди 3494 APL. Kerrikning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadi: "Manchester Yunayted" mehmonda "Everton"ni mag'lub etdi |
![]() | 24.02.2026 01:00 Ўқилди 2764 APL. "Everton" - "Manchester Yunayted" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 22.02.2026 03:08 Ўқилди 2615 La Liga. "Atletiko" va "Espanol" o'rtasidagi o'yinda 6 ta gol urildi |
![]() | 27.02.2026 02:16 Ўқилди 2561 Daniel Farke: "Gvardiola hammadan bir qadam oldinda" |
![]() | 26.02.2026 02:08 Ўқилди 2554 Saudiya Arabistoni. "Al Nassr" safarda yirik g'alaba qayd etdi, Ronaldudan navbatdagi gol! |
![]() | 25.02.2026 04:40 Ўқилди 2155 "U menga hatto iltimos ham qilmay qo'ydi" - Pedri Ferran Torresning "shaxsiy haydovchisiga" aylangani haqida hazillashdi |
Реклама
Сайт хақида