32 yoshli angliyalik himoyachi bilan kelishuv 30 iyun kuni yakuniga etadi.
"Jamoaga balans kerak, biz tarkibda yosh, iqtidorli futbolchilarni ko'rishni istaymiz. Markazda optimal balans kerak va uni tajribasi katta futbolchilar ushlab tura oladi.
Buning bahosini baholash qiyin. Xarri klubda katta tajribaga ega bo'ldi. Uning ketishi boshqa masala va biz buni ahamiyatini tushunishimiz kerak.
Xarri - ajoyib shahs. U yaxshi faoliyat o'tkazdi va umid qilamanki, unda barchasi oldinda. U klub bilan katta yo'lni bosib o'tdi va tajribasi ko'p narsalardan so'zlaydi.
Uning qanday futbolchi ekanligini bilamiz. O'tgan bahsda Xarri zo'r o'ynadi, sifati, tajribasi va xarakteri bilan jamoaga yordam berdi. U bizga kerak", - dedi Kerrik.