
- O'yin haqida fikrlaringiz?
- Yangi boshlangan chempionat bilan barchani tabriklayman. Bugun shiddatli o'yin bo'ldi deb o'ylayman. "Paxtakor"da ham bizda ham ko'plab yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Lekin bizda vaziyatni yakunlash yo'q. Agarda vaziyatlarimizdan gol urganimizda boshqacha o'yin bo'lardi. Lekin ular gollar urishdi, biz esa yo'q. "Paxtakor"ga omad kulib boqdi, jamoa muxlislarini tabriklayman.
- Bugun "Qizilqum" raqibga yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Umuman olganda jamoa mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rdi. Siz tarkibdan qoniqdingizmi? Chunki oldinda taqvim juda tig'iz, chempionat va kubok o'yinlari tezda o'tkaziladi.
- Tarkibimiz yaxshi. Tarkibni yoshlar bilan to'ldiryapmiz. Yoshlar jamoamizdan futbolchilar etishib chiqyapti. O'zim bungacha U21 jamoada ishlaganman. Yigitlar tayyor bo'lsa, asosiy jamoaga qo'shib boramiz. Bizda tarkibdan muammo yo'q. Tayyorgarlikka keladigan bo'lsak, buni yaxshi olib bordik. Bu to'rt bosqichdan tashkil topdi. Dekabr oyida Navoiyda yig'ildik, keyin mashg'ulotlarni Toshkentga ko'chirdik. Navbatdagi bosqichda Turkiyaning Antaliya shahrida tayyorlandik. Tayyorgarlik va tarkibimizdan ko'nglimiz to'ldi. Chempionat uzoq davom etadi. Hozir bir nima deyish qiyin. Shuni ayta olaman, biz tepa o'rinlar uchun kurashamiz.
- Jamoa 7ta nazorat o'yinida 11ta gol urgan. Bu yomon natija emas. Lekin jamoa ko'p gol ham o'tkazib yuboribdi. Bugun jamoaga nega sermahsullik etishmadi yoki jamoa durang uchun kelganmidi?
- Superligadagi biror murabbiy durang uchun o'ynamasa kerak. Bizda o'yinga qo'yilgan aniq taktikamiz bor edi. Ikkinchi bo'limda ikkita yuz foizlik vaziyatlardan gollar ura olmadik. Agarda golni urganimizda o'yin boshqacha bo'lardi. Realizaciya bizda og'riqli nuqta bo'lib turibdi. Bu bo'lmagandan keyin sen urmasang, senga urishadi. Bugungi o'yinda shunaqa bo'ldi.
- "Qizilqum" rahbariyati jamoa oldiga qanday vazifalar qo'ygan?
- Birinchi navbatda barcha murabbiy kabi jamoasi bilan birinchi o'rinda bo'lishni yoki yuqori o'rinlardan birini egallashni xohlaydi. Rahbariyatimiz bizga kuchli beshlikka kirish vazifasini qo'ygan. Biz esa buni undan ziyodroq qilishga, to'rtinchi o'rinni egallashga harakat qilamiz.
- Klub ushbu transferlar oynasida nega faol bo'lmadi? Yoki tarkibdan ko'nglingiz to'qmidi?
- Tarkibdan ko'nglim to'q. Keyingi o'yinlar uchun kamchiliklarni o'rganishga, taxlil qilishga harakat qilamiz. Bugun "Paxtakor"ga yutqazadigan o'yin bo'lgani yo'q. Keyingi o'yinlar uchun kamchiliklarni to'g'rilasak, barchasi yaxshi bo'ladi.
- O'yin oldidan klub prezidenti jamoa bilan yig'ilish o'tkazdi va o'sha paytda mana shu beshinchi o'rin vazifasi aytildimi?
- Yo'q, unday emas. O'tgan yili qabul qilib olganimizda, jamoani 14-o'rindan 6-o'ringacha ko'tarishga imkoniyatimiz bor edi. Qaerdadir o'yinimiz chiqmadi, duranglar ko'payib ketdi. Lekin o'shanda barchasini ko'rib chiqib, kimga kuchimiz etishini, kimlarga kuchimiz etmasligini hisobga olib, harakat qilgandik. Bu futbol. Agarda o'z ochkolarimizni olganimizda, oltinchi o'ringacha ko'tarila olardik. Ammo ishlar o'xshamay, to'qqizinchi o'ringa tushib qoldik. Shu yil "Qizilqum" jamoasining kuchini ko'rasizlar degan umiddaman.
- Islom Kenjaboevni zaxiraga olayotgan paytingizda Siz va futbolchi o'rtasida suhbat bo'ldi. Shu haqda so'ramoqchi edim.
- U etiroz bildirmadi. Birinchi o'yin bo'lgani uchun futbolchilarda tomir tortishish holatlari bo'ldi. Zaxirada uning o'rnini bosa oladigan futbolchilar bor. Aytganimdek, tarkibimiz yaxshi rivojlangan. U o'zini 70-80 daqiqa yaxshi ko'rsatdi va bir qancha vaziyatlari ham bo'ldi. Ammo istalgan futbolchi to'liq o'ynashni istaydi. Lekin uning sog'lig'i o'yin oxirigacha etmasligini bilib, boshqa futbolchini tushirgandik. Ammo almashtirish ish bermadi.
- Yig'indagi intervyulardan birida Siz markazni kuchaytirish kerakligini va bir qancha xorijlik futbolchilar bilan muzokaralar olib borilayotganini aytgandingiz. Klub kimlar bilan muzokaralar olib borgandi? Natijalar qanday bo'ldi?
- Serbiyalik yaxshi legioner bilan muzokaralar olib borgandik. Lekin u biz aytgan mablag'ga O'zbekistonga kelishni istamadi. Keyin esa uning joyiga yosh futbolchilarni tayyorlash bo'yicha murabbiylar bilan kelishib oldik.
- Dastlabki 5 turda jamoalar quvnoq o'yin ko'rsatishadi. Aynan ushbu o'yinlar "Qizilqum" uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi desak bo'ladimi?
- Jamoaning qishki tayyorgarligi juda muhim. Agarda qishki yig'indan murabbiyning ko'ngli to'lsa, mavsum yakuniga qadar ishlar yaxshi ketadi. Hozir kimdir kuchli yoki kuchsiz deb bo'lmaydi. Barcha jamoalar yaxshi futbol o'ynamoqda. Maydonga tushish va jang qilish kerak. Sizlarga ham futbolchilarga ham rahmat aytaman. Bugun 2:0 hisobida mag'lub bo'ldik. Lekin kelgusi o'yinlarda muxlislarni ham rahbariyatni ham xursand qilishga intilmiz.
![]() | 26.02.2026 01:24 Ўқилди 5462 ECHL. "Real Madrid" - "Benfika" 1:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 21.02.2026 01:56 Ўқилди 4376 Mikel Arteta: "Yutib turganimizda bizni yaxshi ko'rib qolish oson. Durang va mag'lubiyatda ham bizni yaxshi ko'ring" |
![]() | 23.02.2026 02:48 Ўқилди 4342 A Seriya. "Atalanta" "Napoli"dan ustun keldi, "Milan" o'z maydonida "Parma"ga mag'lub bo'ldi, "Roma" esa yirik g'alabaga erishdi |
![]() | 25.02.2026 01:08 Ўқилди 4027 ECHL Pley-off bosqichi javob o'yinlari |
![]() | 24.02.2026 03:00 Ўқилди 3491 APL. Kerrikning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadi: "Manchester Yunayted" mehmonda "Everton"ni mag'lub etdi |
![]() | 24.02.2026 01:00 Ўқилди 2755 APL. "Everton" - "Manchester Yunayted" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 22.02.2026 03:08 Ўқилди 2612 La Liga. "Atletiko" va "Espanol" o'rtasidagi o'yinda 6 ta gol urildi |
![]() | 27.02.2026 02:16 Ўқилди 2549 Daniel Farke: "Gvardiola hammadan bir qadam oldinda" |
![]() | 26.02.2026 02:08 Ўқилди 2542 Saudiya Arabistoni. "Al Nassr" safarda yirik g'alaba qayd etdi, Ronaldudan navbatdagi gol! |
![]() | 25.02.2026 04:40 Ўқилди 2140 "U menga hatto iltimos ham qilmay qo'ydi" - Pedri Ferran Torresning "shaxsiy haydovchisiga" aylangani haqida hazillashdi |
Реклама
Сайт хақида