
Bugun, 26 fevral kuni Samarqand shahridagi «Yoshlar markazi» katta zalida «Dinamo» jamoasining mavsum oldi ananaviy tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Adiz Boboev, klub homiylari, «Dinamo» jamoasi azolari, muxlislar, yosh futbolchilar va Samarqand futbol jamoatchiligi ishtirok etdi.
Taqdimot marosimi avvalida «Dinamo» matbuot xizmati tomonidan jamoaning 2025 yilgi eng muhim gollari va Dubayda o'tgan mavsum oldi yig'in haqidagi malumot va videolavhalar namoyish etildi.
Taqdimot marosimida viloyat hokimi Adiz Muzaffarovich so'zga chiqib, jamoa 2025 yilgi mavsumda katta o'sishga erishib 4-o'rinni egallaganini etirof etib, buning uchun bosh murabbiy Vadim Abramov va futbolchilarga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, ko'hna shaharda muxlislik yangi darajaga chiqayotganini ham qayd etdi.
«Dinamo» o'z natijalari bilan Samarqand ahlini faqat xursand etmoqda. Jamoa yangi mavsum oldidan xorijda puxta tayyorgarlik ko'rdi. Ishonamizki, 2026 yilda ham Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoamiz barchamizni xursand qiladi. O'z o'rnida biz ham jamoamizni doim qo'llab-quvvatlaymiz.
Agar bu mavsum «Dinamo» chempionlik bilan Samarqand ahlini xursand qilsa, yangi stadion qurilishini ham boshlaymiz», - dedi Adiz Muzaffarovich. Bu esa zalda yig'ilgan yuzlab muxlislarning olqishlariga sabab bo'ldi.
Marosimning ochilish nutqidan keyin viloyat futbol associaciyasi prezidenti Adiz Boboev, klub rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirokida «Dinamo» futbolchilariga yangi liboslar topshirildi.
Shuningdek, jamoa nomidan viloyat rahbari Adiz Boboevga 72-raqam, jamoani doim qo'llab-quvvatlab kelayotgan Shavkat Jalolovga 70-raqamli libos topshirildi. «Dinamo» fan-klubi rahbari Shavkat Burhonovga ramziy manoda 12-raqamli libos sovg'a qilindi.
Ko'tarinki kayfiyat va muxlislarning hayqiriqlari ostida o'tgan taqdimot marosimi yakunida barcha muxlislar 28 fevral kuni o'tadigan «Dinamo» - «Navbahor» o'yiniga taklif etildi.
Unga ko'ra, "Dinamo" yangi futbolchilari mavsumni quyidagi raqamlarda o'tkazadi:
Edem Nemanov – 1;
Ravshanbek Yagudin – 13;
Sarvar Karimov – 71;
Mahamadu Dembele – 5;
Jahongir O'rozov – 6;
Salim Mustafoev – 17;
Mauro Brazil – 19;
Jaloliddin Jumaboev – 20;
Ulug'bek Abdullaev – 22
Salvador Sanches – 31.











![]() | 26.02.2026 01:24 Ўқилди 5417 ECHL. "Real Madrid" - "Benfika" 1:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 18.02.2026 01:08 Ўқилди 4902 ECHL. "Galatasaroy" pley-offning ilk bahsida "Yuventus"ni yirik hisobda taslim etdi |
![]() | 18.02.2026 01:48 Ўқилди 4816 ECHL. "Borussiya D" – "Atalanta", "Monako" – PSJ (onlayn hisob) |
![]() | 21.02.2026 01:56 Ўқилди 4346 Mikel Arteta: "Yutib turganimizda bizni yaxshi ko'rib qolish oson. Durang va mag'lubiyatda ham bizni yaxshi ko'ring" |
![]() | 23.02.2026 02:48 Ўқилди 4324 A Seriya. "Atalanta" "Napoli"dan ustun keldi, "Milan" o'z maydonida "Parma"ga mag'lub bo'ldi, "Roma" esa yirik g'alabaga erishdi |
![]() | 25.02.2026 01:08 Ўқилди 4018 ECHL Pley-off bosqichi javob o'yinlari |
![]() | 24.02.2026 03:00 Ўқилди 3476 APL. Kerrikning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadi: "Manchester Yunayted" mehmonda "Everton"ni mag'lub etdi |
![]() | 24.02.2026 01:00 Ўқилди 2743 APL. "Everton" - "Manchester Yunayted" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 22.02.2026 03:08 Ўқилди 2606 La Liga. "Atletiko" va "Espanol" o'rtasidagi o'yinda 6 ta gol urildi |
![]() | 26.02.2026 02:08 Ўқилди 2515 Saudiya Arabistoni. "Al Nassr" safarda yirik g'alaba qayd etdi, Ronaldudan navbatdagi gol! |
Реклама
Сайт хақида