"ESPN Brasil" nashri bu haqda uning yaqinlaridan olgan xabarlariga ko'ra ushbu malumotni taqdim qildi. Oldinroq uning xizmatlariga CSKA tomonidan qiziqishlar bo'lgani aytilgandi. Biroq u Rossiya jamoasiga o'tishni istamagan.
Erkin agent maqomidagi futbolchi yoki MLS jamoasiga o'tishni yoki umuman futboldagi faoliyatini yakunlashni o'ylamoqda.
Braziliyalik futbolchi 2025 yil yozida vataniga qaytib, "Vasko da Gama" sharafini himoya qilayotgandi. 7 o'yinda 3 gol va 1 assist qayd etgan Koutinoning ushbu klubdan ketishi 20 fevral kuni elon qilingandi.