
Germaniyaning nufuzli sport nashri – fussballfieber.de ekspertlari Kanada, Meksika va AQSHda bo‘ladigan JCH-2026 debyutantlari – Kyurasao, Iordaniya, Kabo-Verde va O‘zbekiston milliy jamoalarini alohida tahlil qilib chiqishdi. Diqqatga sazovor tomoni, bular orasida aynan bizning jamoa eng xavflisi sifatida e’tirof etildi. «JCH-2026 futbol tarixiga rekordlar bilan kiradi: 48ta milliy jamoa, 104ta o‘yin va birdaniga 4ta debyutant ishtirokchi (O‘zbekiston, Kyurasao, Iordaniya va Kabo-Verde). Debyutantlar orasida esa Markaziy Osiyo nomidan qatnashadigan O‘zbekiston termasi eng tartibli va ambisiyali jamoadek ko‘rinmoqda», – deyiladi maqolaning kirish qismida.
Yetti omadsiz urinishdan keyingi tarixiy yurish
O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionati saralashidagi 8-urinishda nihoyat, maqsadiga erishdi. Jamoa bunga qadar o‘z tarixida 7 marta mundial yo‘llanmasi uchun kurashgan, biroq har safar unga omad yetishmagan. Demak, O‘zbekiston termasining futbol forumiga yo‘llanma olgani – tarixiy muvaffaqiyat. Shu ma’noda 2025 yilning 5 iyun kuni o‘zbek futboli tarixiga alohida muhrlandi. Safarda BAA termasiga qarshi bahsda qayd etilgan 0:0 hisobi o‘sha vaqt Temur Kapadze boshqaruvida o‘ynagan O‘zbekiston milliy jamoasiga jahon chempionatining orziqib kutilgan yo‘llanmasini taqdim etdi. Shu tariqa o‘sha payt FIFA reytingida 58-qatorni egallab turgan O‘zbekiston termasi Markaziy Osiyoning mundialga chiqqan birinchi vakiliga aylandi. Aytish kerak, aholisi qariyb 37 millionga teng mamlakat jamoasi shu ma’noda JCH-2026ning eng yirik debyutanti hisoblanadi. O‘zbekistonliklar saralash dovonida JCH-2022 mezboni – Qatar termasini ham ortda qoldirganini aytish joiz.
Hukumat e’tirofi
Tarixiy natija mamlakatda katta shodiyona bilan qarshi olindi. BAA termasiga qarshi hal qiluvchi uchrashuvdan so‘ng futbolchilar vaqtincha bosh murabbiy Temur Kapadzeni ustidan ichimlik sepish orqali ramziy tarzda tabriklashdi. Albatta, alkogolsiz, chunki O‘zbekiston – musulmonlar o‘lkasi. Muvaffaqiyat hukumat darajasida ham e’tirof etildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsan o‘zi futbolchilarni tarixiy natija bilan qutladi. Jamoa a’zolari faxriy unvon va medallar bilan taqdirlanishgani, yangi avtomobillar sovg‘a qilingani O‘zbekistonda futbol hukumat darajasida qo‘llab-quvvatlanayotganidan dalolatdir.
JCH-2026da O‘zbekiston milliy jamoasini maydon cheti va uning ichida ikki muhim shaxs boshqaradi. Jamoani 2025 yilning oktyabridan buyon mashhur Fabio Kannavaro boshqarmoqda. E’tiborlisi, bu lavozim dastlab germaniyalik Yoaxim Lyov taklif qilingandi, biroq u rad javobi berdi. Yakunda o‘zbekistonlik futbolchilarni tarixiy mundialga JCH-2006da g‘alaba nashidasini surgan italiyalik sobiq himoyachi tayyorlaydigan bo‘ldi. Jamoaning maydondagi yetakchilaridan biri — himoyachi Abduqodir Husanov. 2025 yilning yanvar oyidan buyon «Manchester Siti»da, kimsan Xosep Gvardiola qo‘l ostida to‘p surayotgan yosh iqtidor APL tarixiga o‘zbekistonlik birinchi futbolchi sifatida kirdi.
«Temir himoya» va Ronaldu sinovi
O‘zbekiston milliy jamoasini JCH-2026da jiddiy sinovlar kutmoqda, albatta. Deylik, «oq bo‘rilar» «K» guruhi doirasida Yevro-2016 chempioni Portugaliya termasi va afsonaviy Krishtianu Ronalduga qarshi bahs olib borishadi. 41 yoshli yulduz o‘zi uchun ehtimoliy oxirgi JCHda yana bir qator rekordlarni ko‘zlayotgani tayin. Ronaldu jumladan, mundial tarixidagi eng yoshi katta futbolchi va gol mualliflari qatoriga qo‘shilishga urinadi. O‘zbekiston termasi yana Kolumbiya termasi va «pley-off» orqali chiqadigan jamoaga qarshi maydonga tushadi. Debyutant bu o‘yinlarda «temir himoya»ga tayansa, ajabmas. Xullas, «oq bo‘rilar» o‘zlari uchun ilk mundialda faqat tajriba orttirish bilan cheklanmoqchi emaslar. Ular guruhda loaqal 3-o‘rin orqali «pley-off» bosqichiga chiqish imkoniyatiga jiddiy qaramoqdalar.
![]() | 26.02.2026 01:24 Ўқилди 5321 ECHL. "Real Madrid" - "Benfika" 1:1 (matnli translyaciya) |
![]() | 18.02.2026 01:08 Ўқилди 4893 ECHL. "Galatasaroy" pley-offning ilk bahsida "Yuventus"ni yirik hisobda taslim etdi |
![]() | 18.02.2026 01:48 Ўқилди 4798 ECHL. "Borussiya D" – "Atalanta", "Monako" – PSJ (onlayn hisob) |
![]() | 17.02.2026 03:08 Ўқилди 4537 "Jirona" "Barselona"ni mag'lub etdi! Yamalda omadsiz penalti, yakunda esa mushtlashuv |
![]() | 21.02.2026 01:56 Ўқилди 4328 Mikel Arteta: "Yutib turganimizda bizni yaxshi ko'rib qolish oson. Durang va mag'lubiyatda ham bizni yaxshi ko'ring" |
![]() | 23.02.2026 02:48 Ўқилди 4315 A Seriya. "Atalanta" "Napoli"dan ustun keldi, "Milan" o'z maydonida "Parma"ga mag'lub bo'ldi, "Roma" esa yirik g'alabaga erishdi |
![]() | 25.02.2026 01:08 Ўқилди 3991 ECHL Pley-off bosqichi javob o'yinlari |
![]() | 24.02.2026 03:00 Ўқилди 3458 APL. Kerrikning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadi: "Manchester Yunayted" mehmonda "Everton"ni mag'lub etdi |
![]() | 24.02.2026 01:00 Ўқилди 2734 APL. "Everton" - "Manchester Yunayted" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 22.02.2026 03:08 Ўқилди 2588 La Liga. "Atletiko" va "Espanol" o'rtasidagi o'yinda 6 ta gol urildi |
Реклама
Сайт хақида