Argentina OAVda mashhur hujumchi Karlo Teves 2027 yilda "Boka Xuniors" prezidenti bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi. Klubda murabbiy sifatida ishlab, muvaffaqiyatga erishmagan Teves bu xabarlarni rad etdi.
"Men prezident bo‘lishga tayyor emasman. Men murabbiyman. Ehtimol, ba’zi vaziyatlarda siyosat bilan shug‘ullana olarman, ammo klub prezidenti bo‘lishga tayyor emasman. Kelajakda Yevropada murabbiy bo‘lib ishlashni istardim," - deya Tevesning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, Karlos Teves 2017 yilda faoliyatini yakunlagan edi.