"City Xtra" portalining xabar berishicha, himoya chizig'iga alohida etibor qaratiladi.
Qayd etilishicha, "shaharliklar" "Udineze"ning 25 yoshli franciyalik himoyachisi Umar Solega jiddiy qiziqish bildirmoqda. Narxi 30 mln evroga baholangan himoyachi "Liverpul" va "Chelsi"ning short-listida bor, ammo aynan "Siti" faol muzokaralarni birinchi bo'lib boshlagan.
"Siti" qishda Abduqodir Xusanov va Vitor Reysni sotib oldi. O'zbekistonlik yosh himoyachi tezda moslashib ketdi va boshlang'ich tarkibda bir necha uchrashuvda maydonga tushdi.
Manbalarga ko'ra, Xosep Gvardiolaning shaxsan o'zi Husanov bilan yozda yanada yaqindan ishlay boshlashi, uni kelajakda asosiy himoyaviy rolga tayyorlashni rejalashtirgan. "Shaharliklar" bosh murabbiyi 20 yoshli iqtidorning salohiyatiga ishonadi va uni kelasi mavsumgacha "Siti" tizimiga to'la moslashtirmoqchi.
Solening qo'shilishi raqobatni kuchaytirishi kerak, biroq klub asosiy jamoaning hozirgi o'yinchilaridan – Ake, Stounz yoki Akanjining ketishi mumkinligini inkor etmayapti.
Shu bilan birga, "Yuventus"dan Andrea Kambyasoni transfer qilish varianti ko'rib chiqilmoqda, bu klub rahbariyati jiddiy maqsadlarni oldiga qo'yganini anglatadi.
![]() | 01.05.2025 20:44 Ўқилди 2142 "Oltin to‘p" uchun davogarlar o‘zgardi |
![]() | 07.05.2025 10:08 Ўқилди 1317 “Barselona“ TOP futbolchini tekinga qo'lga kiritishi mumkin |
![]() | 06.05.2025 08:48 Ўқилди 1236 “Al Hilol“ super futbolchi bilan muzokaralarni boshladi |
![]() | 04.05.2025 10:24 Ўқилди 1020 Rafinyaning “Barselona“dagi taqdiri malum |
![]() | 01.05.2025 23:48 Ўқилди 936 "Real" Modrich va Vaskes bilan shartnomani uzaytiradi |
![]() | 03.05.2025 01:24 Ўқилди 897 "Liverpul" Trentni "Real"ga qo'yib yuborishga tayyor, faqat bir qancha shartlar bilan |
![]() | 07.05.2025 07:40 Ўқилди 864 Chempionlar Ligasi. "Inter" – "Barselona" 4:3 - olovli o'yin! |
![]() | 01.05.2025 22:00 Ўқилди 849 Yamalning yoshida Messi va Ronalduning statistikasi qanday edi? |
![]() | 04.05.2025 13:40 Ўқилди 786 "Real" Rodrigoni sotishi mumkin, unga "Man Siti" va "Arsenal" qiziqmoqda |
![]() | 01.05.2025 07:24 Ўқилди 783 "Barselona" va "Inter" o'rtasidagi "olovli" o'yinda "Inter"ni darvoza to'sini qutqardi, Mxitaryanning goli esa hisobga olinmadi |