Himoyaga nomzodlardan biri – allaqachon shartnoma imzolagan Trent Aleksander-Arnold bo'lib, u o'ng qanotdagi joy uchun Dani Karvaxal bilan bellashadi. Chap qanot uchun "Real" boshqa variantlarni ko'rib chiqadi, chunki hozirda jarohatdagi Ferlan Mendining klubdagi kelajagi nomalum qolmoqda.
Bundan tashqari, "Real" markaziy chiziqni kuchaytirish uchun yarim himoyachi izlamoqda va hujumchi sotib olishni ham mo'ljallamoqda. Hujum chizig'idagi o'zgarishlar yozda klubni kim tark etishiga bog'liq bo'ladi, ammo hujumni kuchaytirish uchun yangi futbolchi jalb qilinishi ham mumkin.
Katta ehtimol bilan Karlo Anchelotti 26 aprel kuni Ispaniya Kubogi finalidan so'ng "Real"ni tark etadi.