Mojaro avjida: Prestianni Mbappe va Vinisiusni sudga bermoqchi!
23.02.2026 22:56 Ўқилди: 591
"El Chiringuito" nashrining xabar berishicha, argentinalik futbolchi Madridning "Real" klubi hujumchilari Kilian Mbappe va Vinisius Junior ustidan davo arizasi bilan chiqmoqchi.
Prestiannining rejasi:
Manbaga ko'ra, Prestianni o'ziga nisbatan qilinayotgan ayblovlarni asossiz deb hisoblamoqda va quyidagi organlarga murojaat qilish niyatida:
UEFA va FIFA intizom qo'mitalariga;
Portugaliya sud organlariga.
Vaziyat qanday edi?
Eslatib o'tamiz, ECHL doirasidagi «Benfika» — «Real» (0:1) o'yinida Vinisius Junior Prestiannini irqchilikda ayblagan edi. O'sha vaziyatda argentinalik futbolchi og'zini futbolkasi bilan yopgan holda nimadir degan, bu esa UEFA uchun vaziyatni o'rganishni qiyinlashtirmoqda.
UEFA qarori:
Hozircha UEFA Prestiannini evrokuboqlardan vaqtincha chetlatgan va surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda. Ammo futbolchi va uning vakillari «Real» yulduzlarining bu harakatini «tuhmat kampaniyasi» deb baholamoqda.
Mbappening ushbu mojaroga qanday qo'shilib qolgani va davo arizasidagi aniq tafsilotlar tez orada malum bo'lishi kutilmoqda. Madriddagi javob o'yini oldidan muhit chinakamiga "yonmoqda".