"Bugun ertalab unga qo'ng'iroq qildim. Bu erdaligimga u sababchi, shuning uchun unga rahmat deyman. U menga ilhom bag'ishlagan. Men u bilan to'rt ajoyib yilda yashadim va doim undan minnatdorman. Usiz bu erda bo'lmagan bo'lardim", – dedi Arteta.
"Arsenal" birinchi uchrashuvda "Real"ni 3:0 hisobida taslim qildi, javob uchrashuvida ham 2:1 hisobida g'alaba qozondi. London klubi ECHL 2008/09 yilgi mavsumidan beri ilk bor yarim finalda o'ynaydi. Londonliklar final yo'lida PSJ bilan kurash olib boradi.