
APL. "Tottenxem" — "Arsenal" 1:2
Gollar: 32 - Eberechi Eze, 34 - Randal Kolo Muani, 47 - Viktor Dyokeresh
"Tottenxem": 1. Gulelmo Vikario, 37. Mikki van de Ven, 3. Radu Dregushin, 24. Jed Spens, 7. Xavi Simons, 14. Archi Grey, 22. Konor Gallaxer, 29. Pape Matar Sarr, 6. Joau Palinya, 39. Randal Kolo Muani, 8. Iv Bissuma.
Zaxira: 40. Brendon Ostin, 38. Souza, 76. Jeyms Rozuell, 52. Kallum Olusesi, 68. Luka Uilyams-Barnett, 9. Risharlison, 11. Matis Tel, 19. Dominik Solanke, 79. Jeyms Uilson.
"Arsenal": 1. David Rayya, 6. Gabriel Magalyayns, 12. Yurrien Timber, 2. Vilyam Saliba, 5. Pero Inkape, 36. Martin Subimendi, 41. Deklan Rays, 19. Leandro Trossard, 10. Eberechi Eze, 14. Viktor Dyokeresh, 7. Bukayo Saka.
Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 3. Kristyan Moskera, 33. Rikkardo Kalafori, 49. Maylz Lyuis-Skelli, 8. Martin Edegor, 16. Kristian Nyorgor, 9. Gabriel Jezus, 11. Gabriel Martinelli, 20. Noni Madueke.
Ogohlantirishlar: 28 - Yurrien Timber
47. GOL! Dyokeresh hisobni oshirdi! Qanotdan uzatib berilgan to'pni Viktor darvozaga yo'lladi va bu aniq bo'ldi!
46. Simonsning xavfli zarbasini Rayya ishonch bilan qaytardi.
46. Ikkinchi bo'limga start berildi.
Ikkinchi bo'lim boshlanishi kechikyapti. Yana hakamlar bilan bog'liq texnik muammo.
45+8. Birinchi bo'lim yakulandi.
45+6. Inkape o'ziga kelib tushgan to'pni to'g'rilab zarba berdi, biroq darvozaga bormay rekoshetga uchrab maydondan chiqib ketdi.
45+5. Trossardga to'p kelib tushdi, u vaqtni cho'zib yubordi va natijada raqib himoyachisi olib ketib qoldi to'pni.
45. Birinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.
41. Dahshat vaziyat! Avvaliga Sakaning zarbasi darvozaga kirmadi, to'p Timberga kelib tushdi, u Trossard uzatdi, Leandro yakuniy zarbani berdi, ammo rekoshetga uchrab, maydondan chiqib ketdi.
39. "Arsenal" yana oldinga intilmoqda, bir qator hujumlar bo'lmoqda, lekin naf chiqmayapti.
37. Saka darvozabon bilan deyarli birga-bir chiqib bordi va zarba berdi, Vikario to'pni qaytarib yubordi!
35. O'yin ancha jonlandi.

34. GOL! "Tottenxem"dan tezkor javob! Kolo Muani ajoyib harakatlari bilan Raysdan to'pni olib qo'yib, "Arsenal" darvozasiga to'p kiritdi!
33. Xo'sh, maydon egalari qanday javob bera oladi?

32. GOL! Eberechi Eze mezbonlar jarima maydonchasidagi palapartishlikdan foydalanib gol urdi! Golli uzatma muallifi - Saka!
28. Yurrien Timber qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
25. Mezbonlar tashabbusni qo'lga olishga harakat qilyapti, "kanonirlar"da qator xatolar kuzatilmoqda.
18. Zarba navbati Trossardga: ammo to'p muxlislar tomonga ketdi.
17. Burchakdan uzatilgan to'pni Saliba bosh bilan darvozaga yo'lladi, ammo birozgina noaniq bo'ldi.
16. Yana mehmonlar oldinga o'tmoqda. Dyokereshga uzatilgan to'pga hujumchi etib bora olmadi, Dregushin to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.
13. Muammolar hal bo'ldi, o'yin davom etadi.

12. Malum bo'lishicha, hakamlar o'rtasida o'zaro aloqada texnik masalada muammo bo'lgan. Maydonda harorat sovidi, hatto futbolchilar ham.
10. O'yin 3-4 daqiqadan beri to'xtab qoldi. Bosh hakam futbolchilar bilan qandaydir masalalarni muhokama qilmoqda. TV efirda esa hakamga o'rnatilgan kamera tomonidan olingan kadrlar ko'rsatilmoqda. Kuzatamiz.
7. Dyokeresh chap qanotdan kirib bordi va to'pni o'ziga to'g'rilab olib darvoza tomon zarba berdi, ammo biroz noaniq bo'ldi.
5. Leandro Trossard raqib darvozaboni oldinga chiqib ketganidan foydalanib to'pni darvozaga yo'lladi, uni himoyachilar qaytardi. Vaziyat xavfli tus oldi.
1. O'yin boshlandi!
- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Bugun Londonda derbi bo'lib o'tadi, mazkur bahsning matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.
![]() | 18.02.2026 01:08 Ўқилди 4818 ECHL. "Galatasaroy" pley-offning ilk bahsida "Yuventus"ni yirik hisobda taslim etdi |
![]() | 18.02.2026 01:48 Ўқилди 4744 ECHL. "Borussiya D" – "Atalanta", "Monako" – PSJ (onlayn hisob) |
![]() | 16.02.2026 02:48 Ўқилди 4604 A Seriya. "Napoli" va "Roma" o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi |
![]() | 17.02.2026 03:08 Ўқилди 4453 "Jirona" "Barselona"ni mag'lub etdi! Yamalda omadsiz penalti, yakunda esa mushtlashuv |
![]() | 21.02.2026 01:56 Ўқилди 4310 Mikel Arteta: "Yutib turganimizda bizni yaxshi ko'rib qolish oson. Durang va mag'lubiyatda ham bizni yaxshi ko'ring" |
![]() | 15.02.2026 01:16 Ўқилди 3526 LaLiga. "Real" - "Real Sosedad" (onlayn hisob) |
![]() | 15.02.2026 03:00 Ўқилди 3287 LaLiga. "Real" "Real Sosedad"ga imkoniyat qoldirmadi |
![]() | 22.02.2026 03:08 Ўқилди 2573 La Liga. "Atletiko" va "Espanol" o'rtasidagi o'yinda 6 ta gol urildi |
![]() | 18.02.2026 00:24 Ўқилди 2417 ECHL. "Borussiya D" – "Atalanta", "Monako" – PSJ. Tarkiblar malum |
![]() | 17.02.2026 00:48 Ўқилди 2029 Mourinyu: "Ehtimol, men "Real"dan istefoga chiqarilmagan sanoqli murabbiylardan biridirman" |
Реклама
Сайт хақида